Menejment va statistika



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə68/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

Yillar


Tug‘ilgan

lar soni ming

kishi


O‘lganlar soni ming

kishi


Aholining tabiiy o‘sishi ming kishi


Aholining 1000 kishi hisobiga


Tug‘il

ganlar soni


O‘lgan

lar soni


Aholining tabiiy o‘sishi, kishi

1980

540,0

118,9

421,1

33,9

7,5

26,4

1990

691,6

124,5

567,1

33,7

6,1

27,6

2000

532,1

135,2

397,9

22,1

6,1

16,0

2005

538,0

139,0

399,0

20,5

5,3

15,2

2010

634810

138411

496399

22,4

4,9

17,5

2011

622835

143253

479582

21,4

4,9

16,5

2012

625106

145988

479118

24,1

4,9

19,2

2013

679519

145672

533847

22,6

4,9



17,7

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki tug’ulganlar mutloq soni va tabiiy o’sish soni ko’paymoqda, lekin promileda hisoblangan nisbiy miqdorda tabiy o’sish koeffisenti 1980- yilgi 33,9 kishidan 2013-yil 22,6 kishigacha pasaygan.
Aholining hayotiyligi koeffitsienti tug‘ilganlar sonini shu davrda o‘lganlar soniga nisbati bilan topiladi. Bu ko‘rsatkich tug‘ilganlar o‘lganlardan necha baravar ko‘p degan savolga javob beradi.
Tug‘ilganlar soni
Xk = ------------------------------
o‘lganlar soni
Hayotiylik koeffitsientini tug‘ilish koeffitsientini o‘lish koeffitsientiga bo‘lib ham topiladi; bunda natija 1 dan katta bo‘lsa.
(> 1 dan) aholida tabiiy o‘sish bo‘lgan, agarda
1 dan kichik bo‘lsa ( < 1 dan) aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lgan. Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Respublika aholisi tabiiy ravishda har yili 450-550 ming kishiga ko‘paymoqda.
Keyingi yillarda har bir 1000 kishiga tug‘ilganlar ham, o‘lganlar soni ham kamayib bormoqda. Tug‘ilganlar sonining kamayishi qishloq aholisining kamayib borishi, ayollarning ijtimoiy hayotga faol aralashuvi va boshqa omillarga bog‘liq. Mamlakatimizda o‘limning kamayishi esa, Respublikamizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, onalar sog‘ligini mustahkamlash bilan bog‘liq ishlarning natijasidir.
Aholining mexanik harakati migratsiya natijasida bo‘ladi. «Migratsiya» lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «ko‘chib yurish» ma’nosini anglatadi. Aholi mamlakat miqyosida ham bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib borishi mumkin. Bunday aholining harakati ichki migratsiya hisoblanadi. Keyingi yillarda aholi juda zich joylashgan Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan cho‘lni o‘zlashtirish maqsadida Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga ko‘chib kelishdi. Aholining ichki migratsiyasi mamlakat bo‘yicha aholi soniga ta’sir etmaydi, faqat ayrim hududlar uchun ta’siri bo‘ladi.
Aholining mamlakatdan boshqa joyga (chet elga) ko‘chib ketishi yoki chet eldan kelishi xalqaro migratsiya hisoblanadi. Bunda aholining mutloq mexanik o‘zgarishi ko‘chib ketganlar va ko‘chib kelganlar o‘rtasidagi farqga bog‘liqdir. Agarda mamlakatga ko‘chib kelganlar (kk), shu davrda ko‘chib ketganlardan (kt) ko‘p bo‘lsa, (kk >kt) mexanik o‘sish bo‘ladi. Agarda ketganlar (kt) soni, ko‘chib kelganlar (kk) dan ko‘p bo‘lsa, mutloq mexanik kamayishni aniqlashimiz mumkin. Aholi mexanik harakatining nisbiy quyidagi ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Kelganlar koeffitsienti (kK) boshqa joylardan ushbu aholi punkitiga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar sonini 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lamiz.
ko‘chib kelganlar soni x 1000
KKk = ----------------------------- -----
aholi o‘rtacha soni
Ketganlar koeffitsienti (KTk) – ushbu aholi punkitidan boshqa joyga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar sonini 1000 ga ko‘paytirib aholining o‘rtacha soniga bo‘lamiz.
ko‘chib ketganlar soni x 1000
KTk = ----------------------------- -----
aholi o‘rtacha soni
Aholining mexanik harakat koeffitsienti doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar o‘rtasidagi farqni 1000 ko‘paytirib, aholi o‘rtacha soniga bo‘lish bilan topiladi.
Agarda ko‘chib kelganlar soni ko‘chib ketganlar sonidan ko‘p bo‘lsa, unda mexanik o‘sish koeffitsienti aniqlanadi.
(kk – kt) x 1000
Muk = -------------------------; bu yerda
aholi o‘rtacha soni
Muk aholining mexanik o‘sish koeffitsienti.
Agarda ko‘chib ketganlar soni, ko‘chib kelganlar sonidan ortiq bo‘lsa, unda mexanik kamayish koeffitsientini (MKk) aniqlash lozim.
(kt – kk) x 1000
MKk = ------------------------- ;
aholi o‘rtacha soni
Har bir hudud miqyosida aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishi natijasida, aholi sonining istiqboli aniqlanadi. Hududlar xo‘jaligi tarmoqlarini joylashtirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish rejalarni belgilashda foydalaniladi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin