Menejment va statistika



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə89/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

1995


1998


2000


2010


2012


2013

Sanoat

17,1

14,9

14,2



24,0

24,2

Qishloq xo‘jaligi


28,0

26,8

30,1



17,6

17,6

Transport va aloqa


7,3

6,8

7,7



11,9

11,9

Qurilish


7,1

7,5

6,0



6.3

6,0

Savdo va umumiy ovqatlanish


5,2

8,4

9,7



8,8

8,5

Boshqa sohalar


22,2

21,2

19,8



23,1

23,8

Tovarlarga va eksport import muammolariga sof soliqlar


13,1

14,4

12,5



8,3

8,0



Jami


100


100


100


100


100


100


Manba: To‘xliyev N va boshqalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari. T.: 2006 y va keyinga stat. ma’lumotlar.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, YaIM tarkibida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida katta xisani tashkil etgan (1995y-28,0%). Lekin keying yillarda iqtisodiy tarmoqlarni ayniqsa sanoat tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha ko’rilgan chora tadbirlar natijasida korxonalar soni ko’paydi, ular yangi texnika va texnalogiya bilan jihozlandi. Buning natijasida sanoat tarmoqlarida maxsulot ishlab chiqarish barqaror yuqori suratlar bilan rivojlandi va YaIM tarkibida sanoat xisasi 1995-yilgi 17,1% dan 2013-yilda 24,2 % ko’tarildi.
MHT bo‘yicha YaIM uch xil uslub bilan hisoblanishi mumkin.
YaIM – ishlab chiqarish usuli;
- daromadlarni taqsimlash usuli;
- pirovard iste’mol (foydalanish) harajatlari usullarida.
3. YaIM ni ishlab chiqarish usuli bilan hisoblash
YaIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblanganda mamlakat miqyosida barcha rezidentlari tomonidan yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar summasini tarmoqlar va sektorlarda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatidan ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol qilingan mahsulotlar va xizmatlar ya’ni oraliq iste’mol (OI) qiymatini ayirib tashlab topiladi. Ja’mi ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar ya’ni ja’mi ishlab chiqarilgan mahsulotlar (JIM) tarkibiga:

  • o‘z iste’moli yoki boshqa rezidentlarga sotilgan mahsulotlar;


  • boshqa rezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar;


  • davlat boshqaruv idoralari va notijorat nodavlat tashkilotlariga ko‘rsatilgan xizmatlar;


  • uy xo‘jaligiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari va shu kabilar kiradi.


Haq to‘lanadigan uy xo‘jaligi xizmatlari ya’ni o‘z uyidagi ovqat tayyorlash, Kir yuvish va shu kabilar MHT tasnifi bo‘yicha JIM tarkibiga kiritiladi.


YaIM ishlab chiqarish usulida barcha yaratilgan mahsulotlar (m) va xizmatlarning bozor bahosidagi qiymatlari yig‘indisidan iborat.


YaIM = MR+XR.
Misol: ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozor bahosidagi qiymati MR = 1092,6 birlik.
Ko‘rsatilgan barcha xizmatlar qiymati XR = 900, 2 br.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatilgan xom ashyo va boshqa oraliq iste’moli (OI)ning bozor baholaridagi qiymati = 546,3br.
Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun sarflangan OI = 474,4
YaIM = 1092,6 + 900,2 – 546,3 – 474,4 =972,1


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin