«YaIM statistikasi » mavzusi bo‘yicha
o‘z-o‘zini nazorat va muhokama uchun savollar
Yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichining mohiyati.
Moliyaviy sektorda yalpi ichki mahsulot qanday hisoblanadi?
Nomoliyaviy sektor YaIM ga nimalar kiradi?
YaIM ni qanday usullarda hisoblash mumkin?
YaIM ni ishlab chiqarish usulida hisoblash.
YaIM ni taqsimlash usulida hisoblash.
Yalpi jamg‘arma deganda nimani tushunasiz?
YaIM ni pirovard (oxirgi) foydalanish usulida hisoblash.
Nominal va real YaIM mohiyatlarini va farqini tushuntiring.
YaIM deflyatori mohiyatini tushuntiring.
Mavzu: MILLIY DAROMAD VA MILLIY HISOBLAR TIZIMIDAGI BOSHQA DAROMAD KO‘RSATKICHLAR.
Reja:
Dj. Xiksning daromad xaqidagi ta’limoti.
Nominal va real daromad.
Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi.
1.Dj. Xiksning daromad xaqidagi ta’limoti.4
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida daromadlar statistikasining ahamiyati yanada ortadi, chunki quyidagi holatlar daromadlar bilan bevosita bog‘liq:
iqtisodiyotni umumiy holati va aholining turmush darajasi;
ijtimoiy va soliq siyosatini ishlab chiqish;
ichki imkoniyatlarni jalb qilib, investitsion jarayonlarni kengaytirish imkoniyatini baholash.
Yuqoridagi maqsadlarda foydalanish uchun daromadlar statistikasining ma’lumotlari iqtisodiy jarayonlarning bog‘liq holatlarini xarakterlovchi boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanishi lozim: masalan, moliyaviy imkoniyatlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan va h.k.
Mikrodarajadagi daromad haqqidagi ma’lumotlar asosan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni iqtisodiy jarayonlardagi holatini o‘rganish uchun va yana fiskal siyosatni xal etishda foydalaniladi. Makrodarajadagi daromad milliy daromad deb atalib, undan iste’mol va jamg‘arish siyosatini ishlab chiqishda va juda ko‘p ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni xal qilishda foydalaniladi.
Shunisi qiziqki, iqtisodiy ta’limotda daromad tushunchasi haqqidagi ta’limot ancha og‘ir masala bo‘lib hisoblanadi. Faqat XX asr davomida qator iqtisodchi va statistiklar tomonidan daromad tushunchasi berilgan ta’riflar bir necha bor o‘zgardi. Masalan, I.Fisher daromad tushunchasini oxirgi foydalanish bilan bog‘laydi. Taniqli gollandiyalik statistik F.Bos o‘zining «Milliy hisoblardagi doimiy tahlil» (1989 y.) nomli asarida daromad tushunchasini oxirgi iste’mol summasi va kapital aktivlar zahirasining sof o‘sishi sifatida tariflagan. Lekin uning o‘zi yana shuni tan oldiki, bu ta’rifni yana boshqa tomonlariga aniqlik kiritish, masalan, kapital tushunchasiga yanada aniqlik kiritish lozim deb hisoblagan. Bu masala bo‘yicha ham iqtisodiy adabiyotlarda turli xil fikrlar mavjud.
Shuning uchun kapitalni bozorda sotilishi mumkin bo‘lgan (yoki bozor bahosiga ega bo‘lgan) resurslar yig‘indisi sifatida qaraladi. Taniqli amerikalik iqtisodchi Samuelson kapital tushunchasini, ishlab chiqarish natijasi sifatida hosil bo‘lgan natija sifatida yoki ishlab chiqarilgan resurslar sifatida qaraydi. Samuelson fikriga ko‘ra tabiiy qazilmalar zahiralari va boshqa ishlab chiqarilgan aktivlarga qachonki mehnat ta’sir ko‘rsatsa kapital tusini oladi.
Daromad xaqidagi tushunchaning nihoyatda og‘ir xarakterga ega
ekanligini, shu sohada dunyoga taniqli bo‘lgan ingliz iqtisodchisi Dj.Xiks ham
tan olgan. U o‘zining «Qiymat va kapital» nomli asarida ko‘p taniqi mualliflar bir-birini o‘rgangan, shuningdek o‘zlari fikrlarini ham keltirganlar va ularda jamlash va daromad tushunchalariga har xil ta’rif berganlar, ular bir-biriga qarshi va qoniqarsiz fikrlar bo‘lganligini e’tirof etgan va umuman ma’lum bo‘lgan daromad va jamlash tushunchalari mantiqiy kategoriyalar bo‘lmay balki, amaliyotga biroz yaqinlashgan, biznesmenlar uchun amaliy masalalarni to‘g‘ri xal qilishga qaratilgan tushuncha deb atagan. Shu fikrga taniqli nemis iqtisodchisi va statistika professori P.Fon Der Lippe ham qo‘shiladi. Uning fikricha daromadning ta’rifi tahlil va amaliy masalaning Yechish maqsadiga bog‘liq bo‘lib, daromad - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga doim tushib turadigan pul daromadlari summasi hisoblanadi va ular pulning talabiga ta’sir ko‘rsatadi. U, binobarin, natural formada tushgan daromadlarni o‘z ichiga olmaydi.
Yaqin vaqtlargacha «jamlash» termini to‘plangan pul (muomaladagi va saqlovchi banklardagi) mablag‘larini anglatish uchun foydalanilgan. Lekin MHTda u boshqacha ma’noga ega. Jamlash - ixtiyordagi daromadni bir qismi bo‘lib, u oxirgi iste’mol maqsadlari uchun sarflanmagan.
Shunday qilib, MHT ta’rifiga mos ravishda jamlash - bu barcha moliyaviy (mavjud pul mablag‘lari, depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, zayomlar, kreditlar va h.k.) aktivlarni va material aktivlarni o‘sishini anglatadi.
BMTning 1993 yilda qabul qilingan yangi MHTga asosan daromadlarning ko‘rsatkichlar tizimi Dj.Xiks ta’limotiga asoslangan. Boshqacha so‘z bilan aytganda, daromad ko‘rsatkichlari insonlarni iste’moli uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan summani, ya’ni xech qanday kambag‘allashishga yo‘l qo‘ymagan holda ishlatishi mumkin bo‘lgan summani ifodalaydi. O‘z fikrini yanada rivojlantirib, Dj.Xiks nazariy tahlil uchun daromadlarni ikki xil kategoriyasini keltiradi. Birinchi kategoriya - doimiy, avvaldan ko‘rish mumkin bo‘lgan tushunchalar oqimi, ikkinchisi - amaldagi tushunchalar oqimi. Dj.Xiks fikricha tahlil uchun ko‘proq darajada xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning xulqini tushuntirib beradi. Uni olish uchun ikkinchi kategoriyadan avvalda ko‘rilmagan, favqulodda tushumlarni ayirish kerak, jumladan, inflyatsiya natijasida aktivlar hajmini ortishi. Shunday qilib, Dj.Xiksning daromad haqqidagi fikridan quyidagi bir necha konkret xulosalarni qilish mumkin:
Birinchidan, har qanday pul tushumi ham daromad emas. Albatta, ishlab chiqarishda foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining qiymatini o‘rnini to‘ldiradish uchun kelib tushgan pullar - daromad bo‘lib hisoblanmaydi.
Ikkinchidan, jamlashni pul summalarini, bankdagi depozitlarni va boshqa moliyaviy aktivlarni (aktsiyalar, obligatsiyalar va h.k.) ortishiga tenglashtirib bo‘lmaydi, chunki moliyaviy aktivlar formasini o‘zgarishi natijasida yoki moliyaviy majburiyatlar olish natijasida (jamlash natijasida emas) ham moliyaviy aktivlar hajmi ortishi mumkin. Masalan, qarz olish, aktsiyalar va material aktivlar sotish natijasida ham pulning hajmi ortishi mumkin. Boshqa tomondan, saqlashdagi pullar hisobidan material aktivlar (erni, kvartirani) sotib olish ham pul hajmini kamaytiradi.
Uchinchidan, favqulodda sabablar bilan kapital hajmining ortishi, masalan, inflyatsiya tufayli yoki tashqi sabablar bilan (yaqin joyda temir yo‘l o‘tkazilishi tufayli) yoki er qiymatining ortishi ham daromad bo‘lib hisoblanmaydi.
Yangi 1993 yilda qabul qilingan MHTda Dj.Xiksning daromad xaqidagi umumiy ta’limotiga yanada aniqliklar kiritildi va muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar YaIM, milliy daromad, ixtiyordagi daromad, jamlash va h.k.larni hisoblash uchun aniq ta’riflar va klassifikatsiyalar ishlab chiqildi. Agar tashqi iqtisodiy aloqalar omilini hisobga olinmasa milliy daromad, iqtisodiyotning barcha sektorlarida yaratilgan qo‘shimcha qiymatlar yig‘indisiga teng. Shunday ta’rifga asoslanib, inflyatsiya natijasida yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa favqulodda sabablar bilan aktivlar qiymatini o‘zgarishi daromad hisoblanmaydi.
Yangi MHTda Dj.Xiks ta’limotlari asosida daromadning yangi ko‘rsatkichlar tizimi qo‘llaniladi va ular taqsimlash jarayonining har xil, lekin o‘zaro bog‘liq jarayonlarini ifodalaydi. Bu tizim quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi:
birlamchi daromadlar;
pul formadagi joriy transfertlar;
ixtiyordagi daromadlar;
natural formadagi ijtimoiy transfertlar;
ixtiyordagi tuzatish kiritilgan daromad;
milliy daromad;
ixtiyordagi milliy daromad.
Birlamchi daromadlar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qo‘shilgan (yangida yaratilgan)qiymatni birlamchi taqsimlash natijasida tushadi: mehnat haqqi; foyda; aralash daromad, mulkdan olingan daromad; ishlab chiqarish va importga soliqlar; bular birlamchi taqsimlash natijasida davlat byujetining daromatlarini tashkil etadi.
Shu mamlakat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari (rezidentlari)ga birlamchi daromadlar shu mamlakatda va boshqa mamlakatlarda yaratilgan qo‘shimcha qiymatdan kelib tushadi; ikkinchi tomondan shu mamlakatda yaratilgan qo‘shimcha qiymatning bir qismi shu mamlakat YaIMni yaratishda qatnashgani uchun (asosan, ish xaqqi va mulkdan olingan daromad sifatida) norezidentlarga to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: |