Pul formadagi joriy transfertlar qayta taqsimlash to‘lovlari joriy xarakterdagi to‘lovlar bo‘lib, ular joriy va mulkdan olingan daromadlar, davlat bydjetidan ijtimoiy extiyojlar uchun, sug‘urta mukofotlari va o‘rnini to‘ldirish va h.k. sifatida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotning har bir sektori uchun daromadlar va joriy transfertlar qoldig‘i summasi ixtiyordagi daromadni tashkil etadi va u oxirgi iste’mol va jamg‘arish uchun ishlatiladi. Aytish kerakki, oxirgi iste’molni aniqlash qator omillarga bog‘liq:
iqtisodiy ishlab chiqarish sohasini aniqlashga. Masalan, uy bekalarining ovqat tayyorlash va idishlarni ozoda saqlash, uy-joyni ozoda saqlash va h.k. ishlab chiqarish sohasiga kiritilgan bo‘lsa, bu xizmatlar qiymatini aholining oxirgi iste’moliga qo‘shib bo‘lmaydi.
aholiga ko‘rsatilgan u yoki bu xizmatlardan olgan nafini ijtimoiy baholash. Bu baholash vaqt o‘tishi bilan tubdan o‘zgarishi mumkin. Masalan, avvalgi asrda shaxtyorlarga ko‘rsatilgan yuvinish (dush) katta bir xizmat sifatida qaralib, uni natural formadagi daromad sifatida qaralgan. Hozirgi vaqtda esa bu narsa elementar mehnat sharoiti sifatida qaraladi, uni tadbirkor ta’minlashi lozim. Shuning uchun dushlarni saqlash uy xo‘jaliklarini oxirgi iste’moli sifatida emas, balki korxonalarning oraliq iste’moli sifatida qaraladi.
Jamlash (ixtiyordagi daromadning ikkinchi muhim qismi) ixtiyordagi daromadning oxirgi iste’moldan qolgan qismini bildiradi. SHunday qilib, jamlash va pul massasining va depozitlarning ortishi, shuningdek moliyaviy aktivlar ortishini bir-biridan farq qilishi lozim. Jamlash - bu moliyalashtirishning va investitsiyaning muhim manbai bo‘lib hisoblanadi. Jamlashning ixtiyordagi daromadga nisbatni jamlash normasi deb ataladi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, jamlash normasi 5%-20% orasida tebranadi. Statistikaning muhim vazifalaridan biri jamlash normasiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishdan iborat: bank stavkasining foizi, iste’mol kreditini berish sharti, investitsiyalar daromadligi darajasi, ixtiyordagi daromad hajmi va h.k.
Lekin qayta taqsimlash jarayoni faqat pul formada emas, balki ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‘rsatish sifatida ham amalga oshiriladi (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va h.k. bo‘yicha nobozor xizmatlar ko‘rsatish). Shu oqimlarni xarakterlash uchun yangi MHTda natural formadagi ijtimoiy transfertlarni ko‘rsatkichi nazarda tutilgan. Ixtiyordagi daromad va natural formada olingan ijtimoiy transfertlar summasi
Dostları ilə paylaş: |