3. Tashqi savdo aylanmasining hajmi va tarkibiy o’zgarishi. Mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarida tashqi savdo asosiy o‘rinni egallaydi. Tashqi savdo eksport va importdan iborat. Tashqi savdoga mamlakatda tayyorlangan tovarlarni sotish, olib kelingan xom ashyo yoki tovarlarni qayta ishlab, eksportga chiqarish kiradi. Importga esa, shu mamlakat ichida iste’mol qilinadigan tovarlarni sotib olish, tovarlarni qayta ishlash uchun xom ashyo, yarim tayyor mahsulot sifatida sotib olish kiradi. Umuman, tovarlarni tashqi savdoda 2 xil hisobda olib boriladi: 1) umumiy 2) maxsus hisob.
Maxsus hisobda tovarlar qayta ishlanib, sotilishi lozim bo‘lganlar hisobga olib boriladi.
O’zbekistoning mustaqillik yilarida tashqi savdo aylamasi yuqori suratlar bilan o’sdi. 1994-yilgi 5299,4 mln AQSh dollaridan 2013-yilga 28886,0 mln AQSh dollariga yetdi yani 5,5 barabaridan ko’proq o’sdi. Bunda eksport hajmi import hajmidan yuqoriroq suratlar bilan o’sdi.1994-yil eksport hajmi 2689,9 mli AQSh dollari bolgan bo’lsa, 2013-yil 15087,2 mli AQSh dollari yetdi yaniy 5,6 barobarga o’sdi.
Tashqi savdao aylanmasining tarkibi ijobiy o’zgardi va geografik hududlari kengaydi.Mustaqillikning dastlabki yillarida asosan paxta homashyosi va boshqa materiallar eksport qilgan bo’lsa, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish natijasida iqtisodiyotning rivojlanish taminlanib eksport tarkibida tayor mahsulotlar, mashina va asbob-uskunalar hissasi ortib bormoqda. Import tarkibida mustaqillikning dastlabki yillarida oziq-ovqat mahsulotlari katta hissani tashkil etgan bo’lsa, xozirgi yillarda yangi texnika va texnalogiyalar tashkil etadi. 2013 yil import tarkibida mashina va asbob- uskunalar hissasi 43,7% ni tashkil etdi .
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiy aloqalar asosan MDX mamlakatlari bilan amalga bo’lsa, xozirda Yevropa, Sharqiy osiyo, Amerika mamlakatlari bilan amalga oshirilmoqda. 2013-yildagi eksport hajmining 54,0% ushbu mamlakatlarga to’g’ri keladi.
O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (mln. AQSH dollari)