Menejment va statistika


Aholining madaniy-ma’rifiy darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə117/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

7. Aholining madaniy-ma’rifiy darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar
Aholining madaniy- ma’rifiy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:

  1. Maktabgacha tarbiya muassasalari soni va ulardagi bolalar soni;


  2. Umumiy o‘rta ta’lim va litseylar soni va ulardagi o‘quvchilar soni;


  3. o‘rta maxsus kasb – hunar kollejlari va ularda o‘qiyotganlar soni.


  4. Oliy o‘quv yurtlari va ulardagi talabalar soni.


  5. Kutubxonalar, kitob fondi va kitobxonlar soni;


  6. Jurnal, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar soni;


  7. Tibbiyot va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar, bir shifokorga to‘g‘ri keladigan aholi soni, 10000 kishiga to‘g‘ri keladigan shifoxona o‘rinlari, vrachlar va shu kabilar.


O‘zbekistonda yoshlarni tarbiyalashga, bolalarni sog‘lom qilib o‘stirishga, komil inson qilib tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda. Hozirgi paytda yosh bolalarni maktabgacha tarbiya muassasiga jalb qilish qishloqdagiga nisbatan shaharda yuqoriroq O‘zbekistonda aholini tabiiy ko‘payishi yuqori darajada bo‘lganligi sababli, umumiy o‘rta ta’lim maktablardagi bolalar soni ham yildan – yilga ko‘payib bormoqda. Masalan: 1997 yili 5257 ming o‘quvchi bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib, o‘rta maktabdagi o‘quvchilar soni 5765 ming o‘quvchiga yetdi. Statistik malumotlar 2013/2014- yilda 9758 ta umum ta’lim muasasalari bo’lib ularda o’quvchilar soni 4489,7 ming kishini tashkil etadi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni amalga oshirish bo‘yicha joylarda zamon talabiga javob beradigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurilmoqda. Ularda o‘qiydigan talabalar soni ham yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Hozirgi paytda oliy o‘quv yurtlari va boshqa ilmiy muassalarda ta’lim olayotgan mutaxassislarning sifatiga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbekistonda 68 oliy o‘quv yurti bo’lib ularda 260 ming yaqin talabalar mutaxasislika o’qitilmoqda . Respublika bydjetidan ta’lim sohasiga ajartilayotgan mablag‘lar mutloq summasida yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Maslan: 1995 yil 21,1 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 1999 yil ta’lim sohasiga 159 mlrd. so‘m ajratilgan. Ta’lim sohasidagi harajatlar YAIMning 7,8 % ni tashkil qiladi. Bydjet harajatlari esa, 1999 yili 24 % ni tashkil qilgan.2013-yilda byujetdan maorif sohasiga 8803,2 mlrd so’m sarflangan bo’lib Davlat byujetining 34% ko’prog’ini tashkil etadi. O‘zbekiston hukumati aholining sog‘ligini himoya qilishga katta ahamiyat bermoqda. Sog‘liqni saqlashga davlat bydjeti harajatlarining 14,4%ni yani 3709,9 mlrd so’m sarflanmoqda.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin