Menejment va statistika


Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə116/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

6. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligi
Aholiga har tomonlama qulay, milliy urf-odatlarimizni hisobga olgan holda uy-joy bilan ta’minlashga e’tibor berilmoqda.
Viloyat, tuman markazlari katta shaharlarning asosiy ko‘chalari rekonstruksiya qilinib, tuzilgan loyiha bo‘yicha yangi zamonaviy barcha talablarga javob beradigan asosan ko‘p etajli binolar qurilmoqda.
Qishloq aholisining yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlar olib borilmoqda. Buning uchun Respublika Prizidenti I. Karimovning 2009-yil 27-yanvardagi qaroriga asosan “Qishloq qurilish loyiha MCHJ” tashkil etildi. Bu tashkilot mintaqalarning iqlimi, demografik holatni, hamda urf-odat va milliy qadriyatlarni hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan 2,3,4,5 xonali uylarning namunaviy loyihalarini tayyorladilar. qurilayotgan uylarni mahalliy qurilish materiallari bilan ta’minlash uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Natijada joylarda pishiq g‘isht, tomni yopish, devorbop materiallar ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Keyingi yillarda “zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalar, yog‘och pol, deraza panjaralari tom yopish va boshqa materiallar ishlab chiqaradigan 60 dan ziyod korxona tashkil qilindi.
Qurilayotgan uy-joylarni moliyalashtirish maqsadida Respublika Prezidentining 2009-yil 30-martdagi qaroriga binoan “Qishloq qurilish bank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
Ushbu bank va boshqa banklar aholiga uzoq muddatli kam foizli imtiyozli kreditlar bermoqda. Hududlarda maxsus uy-joy quruvchi pudratchi tashkilotlar ko‘paydi. Natijada 2009-2012-yillarda namunaviy loyiha asosida mamlakatimizning 159 ta qishloq tumanda 650 ta yangi qishloq uy joy massivi barpo etildi, umumiy maydoni 3.2 million kvadrat metr bo‘lgan 23.6 mingdan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurildi.1 Bunday natijalar Prezidentning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi, hamda 2010 yil 17 iyundagi «Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy – joy qurilishini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlarining amaldagi bajarilishidir.
Qurilishga investitsiyalar Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Jahon banki kabi xalqaro moliya institutlari tomonidan amalga oshirilmoqda. 2011 yilda Osiyo taraqqiyot banki jami 500 million AQSH dollari miqdoridagi ko‘p transhli moliyaviy dasturni maqullab, 2012 yilda dastlabki 160 million dollorni ajratgan, 2013 yilda esa 200 million dollarlik ikkinchi transh beriladi.
2013 yil “Obod turmush yili” Davlat dasturida aholining turmush darajasining yanada oshirish, munosib yashash va ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish maqsadida 553 ta qishloq massivida namunaviy loyihalar asosida 10000 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillikning dastlabki yillarida kommunal xo‘jaligida amalga oshirilgan xususiylashtirish natijasida ko‘pgina oila o‘zlari yashayotgan davlat tasarrufidagi uylarni shaxsiy mulk qilib olishgan edi. Shunday qilib, aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasi 1990 yilda har bir kishiga 12,1 kvadrat metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2010 yilda bu raqam 15,2 kvadrat metrga yetdi yoki 1,26 barobar oshdi. Mamlakatimizdagi oilalarning 77,4 foizi alohida uy va kattejlarda istiqomat qilmoqda.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin