Menejment va statistika



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə113/135
tarix13.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#143115
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135
Menejment va statistika-fayllar.org

100,0


100,0


100,0

ulardan:










iste’mol harajatlari


81,1

84,3

78,4

78,1

Iste’moldan tashqari harajatlar (soliqlar, a’zolik badallari va boshqa majburiy to‘lovlar)


7,1

6,9

6,2

6,0

pul omonatlari va jamg‘armalar


11,8

8,8

15,4

15,9



2. Jami iste’mol harajatlari


100,0


100,0


100,0


100,0

shu jumladan:










oziq-ovqat mahsulotlari uchun


58,3

59,8

49,8

49,5

nooziq-ovqat mahsulotlari uchun


31,5

26,8

33,7

33,8

xizmatlar uchun to‘lovlar


10,2

13,4

16,5

16,7


Jadval malumolaridan ko‘rinib turibdiki, aholi harajatlarining katta qismini iste’mol harajatlari tashkil etadi. Agarda 1990 yilda aholi harajatlarining 81 %ni iste’mol harajatlari , 11,8 %ni pul omonatlari va jamg‘armalari tashkil qilgan bo‘lsa, 2011- yilga kelib iste’mol harajatlarining hissasi 78,1 %gacha kamayib, pul omonatlari va jamg‘armalari hissasi deyarli 16 %gacha ko‘tarilgan. Bu ko‘rsatkichlar aholi harajatlarining mutloq summadagi hajmi oshib borishi bilan bir vaqtda, ularning daromadlari harajatlaridan ortib qolayotganligini natijada daromadlarining ko‘proq qismini banklarga omonatlarga quyayotganligini ifodalaydi.

4. Aholining tovarlar va xizmatlar iste’moli harajatlari
Iste’mol ham iqtisodiy ham ijtimoiy ko‘rsatkichdir. Iqtisodiy ko‘rsatkich deyishimizga asos, iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi bo‘g‘inidir. Iste’mol bir tomondan ishlab chiqarish va taqsimlash, ikkinchi tomondan aholi daromadiga bog‘liqdir.
Iste’mol ko‘rsatkichini, ijtimoiy deyishimizga asos iste’mol hayotni takrorlanishi uchun eng zaruriy shartdir. Jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ihtiyoji iste’mol natijasida qondiriladi.
Milliy daromad iste’mol va jamg‘arishga sarflanadi. Milliy daromadning iste’mol qismi: uy xo‘jaligining (aholining) pirovard iste’moli; davlat muassasalarining pirovard iste’moli (ma’orif, madaniyat, sog’liqni saqlash internat) va uy xo‘jaligiga xizmat qiluvchi tashkilotlarining pirovard iste’molidan tashkil topadi. (Kasaba uyushma, diniy tashkilotlar, siyosiy partiya turli fondlarning aholiga harajatlari).
Uy xo‘jaligining pirovard iste’moliga tovarlar sotib olish va xizmatlar haqqini to‘lash uchun ketgan harajatlar: oziq-ovqat, kiyim-kechak sotib olish; uy-joy, kommunal xizmatlar haqqini to‘lash; transport, kino-teatr, aloqa xizmatlari haqqi; majburiy va ko‘ngilli to‘lovlar: soliqlar, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga, kasaba uyushma badali: tibbiy xizmatlar kiradi.
Aholi iste’moliga natura shaklida berilgan iste’mol mahsulotlari, o‘z tomarqa xo‘jaligida etishtirib, iste’mol qilingan mahsulotlar ham kiritiladi.
Uy xo‘jaligi harajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uch xil manbalar orqali olinadi.
  1. Maxsus oila bydjetini tanlab kuzatish natijasida.


  2. Aholining daromadlari va harajatlari balansini tuzish orqali.


  3. Maxsus hisob-kitoblar bo‘yicha.


Maxsus tanlab kuzatish yo‘li bilan va sotilgan mahsulotlar hajmi asosida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol miqdorini aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, jon boshiga to‘g‘ri kelgan iste’mol miqdori aniqlanadi. Maxsus ilmiy muassasalar tomonidan aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini bir yilda iste’mol qilish miqdorining fiziologik me’yorlari hisoblangan. Aholining haqqiqiy iste’moli bu me’yorlar bilan taqqoslanib o‘rganiladi.


Inson eng avvalo, oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilib, o‘zining fiziologik ehtiyojini qondiradi. Inson ehtiyojlarini turli toifaga mansub minglab aholi orqali o‘rgangan olim Maslou insonning birinchi navbatda qorni to‘q bo‘lishi lozim, degan xulosa kelgan. Olimlar insonlarning o‘z kuchlarini tiklashi uchun barcha zarur bo‘lgan elementlarini yetarli darajada ta’minlaydigan oziq-ovqat tovarlari iste’molining meyorlarini hisoblab chiqqan.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, respublika aholisi non va non mahsulotlarini, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarni belgilangan me’yorlardan ko‘p iste’mol qilar ekan, lekin ular iste’molini dinamik o‘rganish kamayish tendensiyasini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ham. Shu bilan bir vaqtda aholi sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, mevalarni, ayniqsa baliq va baliq mahsulotlarini belgilangan me’yorlardan ancha kam iste’mol qilar ekan.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini statistik o‘rganish, shunday mahsulotlarning Respublikada ishlab chiqarish miqdorining o‘zgarishi bilan birgalikda olib boriladi. Ma’lumki, hukumatimizning aholini non va non mahsulotlari bilan mustaqil ta’minlash maqsadida qilayotgan harakatlari natijasida (ekiladigan yer maydonini ko‘paytirish, navlarini yaxshilash bilan hosildorlikni va sifatni oshirish) bug‘doy yetishtirish ko‘paymoqda.

Aholi daromadlari ko‘paygan sari sifatli va qimmatliroq oziq-ovqat mahsulotlarini harid qila boshlaydi. O'zbekiston aholi soni 1991-2011 yillarda 38,2 %ga ko‘payib, hozir 30 million kishiga yetib qoldi, lekin aholi soniga nisbatan aholi daromadlari yuqori sur’atlar bilan ko‘payganligi sababli, ularning go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut mahsulotlari, mevalar iste’moliga qilgan harajatlari ko‘payib bormoqda.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin