3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlarni boshqarish chuqur tarixiy tomirlarga ega. YUqorida aylgandek, boshqaruv fan sifatida shakllangunga qadar davrlarda ham ushbu jarayonning tub mohiyati va mazmunini tushungan va amaliyotda qo‘llagan turli xildagi murakkab odamlar guruhiga muvaffaqiyatli ravishda rahbarlik qilgan, o‘z tajriba va nuqtai nazarlarini kelajak avlodga meros sifatida qoldirgan buyuk shaxslar bo‘lganki, ularni o‘rganish hozirgi zamon boshqaruv fanini rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ana shunday shaxslardan Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino (IX-Xasrlar), YUsuf Xos Xojib (XI-XII asrlar), Amir Temur, Nizomulmulk (XIII-XIV asrlar), Zahriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy (XV asrlar)ning boshqaruvga oid asarlari bugungi kunda ham qo‘llanma bo‘ladigan ko‘rsatmalar hisoblanadilar. Masalan, ”Qutadg‘i bilik”, “Temur tuziklari” va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi tashkil topgandan buyon o‘tgan 20 yil ichida bozor islohatlariga oid qabul qilingan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasiningqarorlari mamlakatimizda bozor mexanizmlarini iqtisodiyotiga joriy etishga karatilgan. O‘zbekiston iqtisodiyotini Prezident Islom Karimov asoslab bergan tamoyillar asosida bozor munosabatlariga o‘tkazish bozor mexanizmlarini shakllantirish dasturi bir qator mamlakatlarda “O‘zbek modeli” deb e’tirof etildi. Ushbu model jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga dosh berib, mamlakatimizni barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor yaratdi.
4. Menejmentning xorijiy modellari Menejmentning amerikacha modelini o‘rganish ma’lum sho‘‘baiqish uyg‘otadi. Amerikacha menejment AQSHga g‘arbiy mamlakatlar orasida etakchi o‘rinni egallashga imkon bergan.
Amerikacha menejment hammadan avval boshlanishida F.Teylor turgan ilmiy boshqaruv maktabi ta’limlariga asoslanadi.
Amerikacha mejentment yana o‘ziga asoschisi Anri Fayol bo‘lgan klassik maktab asoslarini ham sindirib olgan. U boshqaruvning amerikacha nazariyasidagi barcha yo‘nalishlari shakllanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
20-30 yillarda xo‘jalik yuritishning ekstensiv usullaridan intensiv usullariga o‘tish boshqaruvning yangi shakllarini qidirib topishni taqozo qilgan.
Asta-sekinlik bilan kapitalistik ishlab chiqarishni yashab qolishi uchun korxonadagi ishchilar holatiga munosabatni o‘zgartirish, motivatsiya va xodimlar va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish zarurligini tushunish vujudga kelgan. “Insoniy munosabatlar maktablari” nomini olgan yangi konsepsiyani shakllanishi amerikalik sotsiolog va psixolog E.Meyo nomi bilan bog‘liqdir.
“Insoniy resurslar menejmenti” atamasi 60–yillarda vujudga kelgan. Amerikalik sotsiolog R.E.Maylz o‘zining asarlaridan birida “Insoniy munosabatlar” modeliga “Insoniy resurslar” modlelini qarama-qarshi qo‘ygan. “Insoniy resurslar” modeli strategik, tashkilotning asosiy maqsadlarini hal qilishga ko‘maklashuvchi sifatida ko‘rib chiqilgan. “Insoniy resurslar” modeli shaxsning tashkilotdagi faol o‘rniga qaratilgan. Har bir kishi o‘z mehnatining natijalariga javob berishi, tashkilotning umumiy maqsadlarini bilishi va o‘z mehnati bilan ularga erishishga ko‘maklashishi kerak. O‘z navbatida tashkilot o‘z xodimlarining shaxsiy tashabbusini moddiy rag‘batlantirishi va xizmatda ko‘tarilish yordamida sho‘‘baiqtirishi kerak.
Zamonaviy amerikacha menejment quyidagi uchta tarixiy shart-sharoitlarga asoslanadi:
bozorning mavjudligi;
ishlab chiqarishni tashkil qilishning sanoat usuli;
tadbirkorlikning asosiy shakli sifatidagi korporatsiya.
Korporatsiyalar yuridik shaxs mavqeiga, ularning aksiyadorlari esa foydaning o‘zlariga tegishli bo‘lgan aksiyalar miqdoriga mutonosib bo‘lgan qismiga egalik qilish huquqiga egalar. Korporatsiyalar barcha mulk sarmoya egasiga tegishli bo‘lgan va egalari ishchilar faoliyatini to‘liq nazorat qiluvchi kichik korxonalar o‘rniga kelganlar.
Menejment nazariyachilarining fikriga ko‘ra, korporatsiyalarni tashkil qilishni o‘z orqasidan mulkni unga egalik qilishni nazorat qilishdan, ya’ni hukmronlikdan ajratilishiga olib kelgan. Korporatsiyalarni boshqarish bo‘yicha haqiqiy hukmronlik uni boshqaruvchi va menejerlar (ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi mutaxassislar)ga o‘tgan. Hozirgi vaqtda amerikacha menejment modellarida korporatsiyalar asosiy tarkibiy birlik bo‘ladilar.
Amerika korporatsiyalari o‘zlarining faoliyatlarida strategik boshqaruvdan keng. SXM raqobatbardosh mahsulotni o‘z vaqtida ishlab chiqarish va uni sotish, navlar bo‘yicha mahsulotni ishlab chiqarishning ishlab chiqarish dasturini shakllantirishga javob beradi.
Hozirgi vaqtda AQSHda boshqaruvga ishchilarni jalb qilishning to‘rtta asosiy shakllari keng tarqalgan:
Ishchilarni sex darajasiga mehnat va mahsulot sifatini boshqarishda ishtirok etishi.
Ishchilar va boshqaruvchilarning ishchi kengashlari (qo‘shma qo‘mitalari)ni tashkil qilinishi.
Foydada ishtirok etish tizimlarini ishlab chiqilishi.
Ishchilar vakillarini korporatsiyalar direktorlar kengashlariga jalb qilinishi.