2. Menejmentning ilmiy maktablari Boshqaruv fikri g‘oyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular ba’zida bir birlariga mos kelganlar, ba’zida esa bir birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv ob’ektlari bo‘lganlar, shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar ko‘proq boshqa sohalardagi muvaffaqiyatlarga bog‘liq bo‘lganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv bo‘yicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida bila boshlaganlar.
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez o‘zgarishlarning maydoniga aylangan va ko‘p mamlakatlarning hukumatlari biznesga nisbatan o‘z munosabatlarini borgan sari qat’iyroq belgilay boshlaganlar. Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga ta’sir ko‘rsatganlar. Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan yondashuv. U, o‘z navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan ko‘rib chiquvchi quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, ma’muriy boshqaruv, insoniy munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul.
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda “Maktabni ilmiy tashkil qilish” nomi bilan keng mashhur bo‘lgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muxandis-tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u o‘zining kundalik ishida unumdorlik va samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni faollashtirish muammolarini hal qilgan. Uning ta’limi menejment zamonaviy konsepsiyasining asosiy nazariy maktabi bo‘lgan. Bu maktabning ko‘zga ko‘ringan vakillari: L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir.
F.Teylor o‘z nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni yozgan. “Kelishuv tizimi” (1895), “Sex menejmenti” (1903), va “Ilmiy menejment tamoyillari” (1911). F.Teylor o‘z asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga qo‘shish, “kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi”ni amalga oshirishga harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini ta’minlovchi usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta qiziqish uyg‘otgan (1-rasm).
Бажарилган вазифаларни қабул қилиш, режалаштиришни давом эттириш