Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

 
4.4. Morfologik tahlil usuli 
Morfologik tahlil usuli o‘zida tasniflash usuli va umumlashtirish usulini 
birlashtirishni ifodalaydi. 
U vaziyatda aniqlangan muammoni uni tashkil qiluvchi elementlar bo‘yicha 
dekompozitsiyalash va ushbu sxemada eng istiqbolli echim elementini (butun 
muammoga nisbatan olganda) tanlash asosiga qurilgan. 
Morfologik tahlil oddiy dekompozitsiyani, ya’ni butun tarkibiy qismlarga 
ajratishni emas, balki elementlarni funksional ahamiyatlilik va vazifaviy prinsiplari 
bo‘yicha ajratishni, ya’ni elementning yoki muammoning umumiy muammoga 
ta’sirini, shuningdek tashqi muhit (yuqori turuvchi tizim) bilan bevosita yoki 
bilvosita aloqasini aniqlashni ko‘zda tutadi. 
Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Aytaylik, vaziyatning tavsifidan 
shu kelib chiqadiki, boshqaruv jarayonida qarorlar qabul qilishda yoki hujjatlarni 


102 
tayyorlash yoki farmoyishlarga munosabat bildirishda to‘xtab qolishlar juda ko‘p 
uchraydi. Bunday holat ba’zan bo‘linmalar orasida funksiyalar va vakolatlarni 
omadsiz taqsimlanishi, ularning notekis yuklanishi bilan tushuntiriladi, lekin 
buning sababi ancha chuqur bo‘lishi mumkin. Uni aniqlab olish uchun 
funksiyalarni taqsimlash muammosini morfologik tahlil qilish zarur. 
Morfologik tahlilning boshlang‘ich nuqtai nazari muammoning qo‘yilishidan 
iborat. So‘ng u dekompozitsiya qilinadi, ya’ni tarkibiy muammolarga, masalan, 
boshqaruv tizimi 
tuzilishi, kasbiy 
mahorat, 
faoliyatni 
motivatsiyalash, 
funksiyaning mehnatsig‘imi, yuklashni hisobga olish va boshqalarga ajratiladi. 
So‘ngra keltirilgan muammolarning har biri alohida dekompozitsiya qilinadi. 
Bunda, muammolarning bir ierarxik darajadan boshqasiga o‘tkazilishi istisno 
qilinmaydi. 
Biroq, muammolarni nafaqat pastga, balki yuqoriga ham dekompozitsiya 
qilish zarur. Axir funksiyalarning taqsimoti nafaqat boshqaruv tizimining ichki 
holatiga, balki u faoliyat yuritishining tashqi omillariga – raqobat, iqtisodiy 
vaziyat, mutaxassislar bozori, o‘qitish tizimi, davlat tomonidan boshqarish va 
boshqalarga ham bog‘liq. 
Shunday qilib, muammolarning morfologik sxemasi tuziladi hamda uning 
asosida asosiy muammoni topish, uni boshqalari bilan bog‘lash maqsadida har bir 
muammoning tahlili o‘tkaziladi. 
Morfologik sxema to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi uchun shunday qator 
operatorlardan foydalanish zarurki, ular yordamida muammoning u yoki bu 
ierarxik darajaga mansubligini tekshirish yoki muammoni dekompozitsiya qilgan 
holda bir darajadan boshqasiga o‘tish mumkin bo‘ladi. 
Bu operatorlar tayanch savollar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ularga berilgan 
javoblar morfologik sxemaning yangi darajasiga o‘tish yoki muammoni o‘tkazish 
imkoniyatini beradi. 
Istalgan muammoni boshlang‘ich muammo – masalan, funksiyalarning 
taqsimotini o‘zgartirish ko‘rinishida ifodalash mumkin. 


103 
Morfologik tahlilning birinchi operatori: bu nimaga kerak? 
Bu maqsadli vazifalar – innovatsion muhitni yaratish, faoliyatning kasb 
darajasini oshirish, ishning bir maromda ketishini ta’minlash va boshqalar. 
Morfologik tahlilning ikkinchi operatori: buni qanday bajarish mumkin? Bu 
muammoni echish mexanizmi – umumiy farmoyishni e’lon qilish, xodimlarni qayta 
taqsimlash, kompyuter dasturlaridan foydalanish, boshqaruv tizimi tuzilishini 
o‘zgartirish, xodimlarni o‘qitish va hokazo. 
Morfologik tahlil va dekompozitsiyalashga muammolarning vujudga kelish 
sabablarini, buning ustiga ularni tashqi va ichki sabablarga tabaqalashtirgan holda 
kiritish muhim. Nima uchun muammo yuzaga keldi? degan savolga vaziyatning 
tavsifidan foydalanib yoki qo‘yilgan savollarga javob berishga yordam bera oluvchi 
qo‘shimcha axborotni jalb qilib javob berishga urinish mumkin. 
Bizning misolimizda bu axborot tuzilishining, rivojlanish maqsadlarining, 
boshqaruv uslubining o‘zgarishlari, salbiy an’analarning vujudga kelishi, boshqaruv 
texnikasidan noratsional foydalanish, kasbiy bilimdonlik darajasining pasayishi 
bo‘lishi mumkin. Urbanizatsiyalashgan turmushning ortiqcha ijtimoiy-psixologik 
yuki, kompyuter texnikasining tanqisligi yoki yuqori narxi, mehnat bozoridagi 
umumiy o‘zgarishlar va hokazolar tashqi sabablar bo‘lishi mumkin.
Morfologik tahlil nafaqat muammo mazmunini chuqurroq tushunishga, balki 
vosita va usullarni, sabablar va oqibatlarni hisobga olgan holda eng omadli echimni 
tanlashga yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin