4.5. Aqliy hujum usuli
Aqliy hujum usuli – bu muammoni yangi echim variantlarini topish bo‘yicha
yoki firmani yohud uning alohida bo‘linmalarini rivojlantirish muammolarini
ifodalash bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashtirish protsedurasi.
Aqliy hujum usuli XX asrning 30-yillarida muammoli vaziyatlarda jamoaviy
tarzda echimlarni topish (g‘oyalarni ilgari surish) protsedurasi sifatida vujudga
keldi va hozirgi vaqtda ilmiy va tadbirkorlik tuzilmalarida yangi mahsulotni ishlab
104
chiqishda, yangi boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini loyihalash va eskirganlarini
takomillashtirishda, ya’ni aniq boshqaruv muammolari uchun maqsadga muvofiq
echimlarni topishda keng qo‘llanadi.
Usulning samaradorligi etarlicha yuqori. D.Djon son ma’lumotlariga ko‘ra
olti kishidan tashkil topgan tadqiqotchilik guruhi yarim soat ichida Aqliy hujum
usuli asosida 150 ga yaqin fikrlarni ilgari surishga qodir bo‘lib, oddiy usullardan
foydalanuvchi shuncha miqdordagi mutaxassislardan bunday natija olib bo‘lmaydi.
Aqliy hujum usuli ikki bosqichda o‘tkaziladi: g‘oyalarni ishlab chiqish
bosqichi va ilgari surilgan g‘oyalarni amaliy tahlil qilish bosqichi.
Har bir bosqich, uning samaradorligini belgilovchi vazifalari va mohiyatini
aks ettiradigan aniq prinsiplar asosida amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich – g‘oyalarni ishlab chiqish – quyidagi prinsiplarni nazarda
tutadi:
guruhlarni ilmiy tasavvur qilish va rivojlangan intuitsiya, aqidaparastlikka
qarshi fikrlash, har xil bilimlilik qobiliyatlari bo‘yicha shakllantirish;
har qanday tanqidni qat’iy taqiqlash, chunki guruhning barcha ishi fikrlarni
tanqid qilish, tushuntirish, asoslashga emas, balki faqat izlab topishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur;
ilgari surilayotgan g‘oyalarni taqiqlash: faqat aytilgan g‘oyadan farqlanuvchi
qo‘shimcha g‘oyalarni taklif etish mumkin;
turli g‘oyalarni motivatsiyalash, bilim sohasi, tajriba boyligi, lavozim
darajasi, yoshi, ijtimoiy ahvoli bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash;
fikrlarni ilgari surish vaqtining cheklanganligi, chunki fikrlarning
“kutilmaganda esiga tushish” vaqtida aytilgani ma’qul.
Aqliy hujum usulining ikkinchi bosqichi – tahlil bosqichi ham – quyidagi
qator prinsiplarni nazarda tutadi:
105
g‘oyalarni tahlil qilish va umumlashtirishning to‘liqligi: hech bir aytilgan
fikr, dastlab qanchalik shubha bilan baholangan bo‘lmasin, amaliy tahlildan
chetlashtirilmasligi kerak;
tahliliy salohiyat: guruh muammoning mohiyati, muammoni echishga
qaratilgan tadqiqot maqsadi va sohasini yaxshi tushunadigan tahlilchi
mutaxassislardan iborat bo‘lishi kerak;
g‘oyalarni baholash va tahlil qilishda mezonli aniqlik;
g‘oyani va uni aniqlashtirishni qo‘shimcha ishlab chiqish;
g‘oyalarni tahlil qilishdagi ijobiylik, ya’ni tahlilni istalgan ko‘rinishdagi
ratsional ijobiy natijani qidirishga qaratilgan yo‘nalish bilan o‘tkazish.
Aqliy hujum usulidan foydalanishda boshlovchining shaxsi va faoliyati katta
ahamiyat kasb etadi. Birinchi va ikkinchi guruhlarning ishi tegishli
tashkillashtirishga muhtoj. Tashkilotchi vazifasini boshlovchi bajaradi, u “aqliy
hujum” usulining birinchi bosqichida tadqiqot maqsadini ta’riflaydi, uning
predmetini (muammoni) aniqlaydi, urg‘ularni qo‘yib chiqadi, muammoning
qirralarini ajratadi, qidiruv maydonini tartibga soladi, ijodiy muhit yaratishga
intiladi, imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni ilgari surishni motivatsiya qiladi.
Aqliy hujum usulining ikkinchi bosqichida boshlovchi faoliyatidagi asosiy
jihatlar – g‘oyani amaliyotda amalga oshirish imkoniyatini aniqlash, uning
istiqbolliligini, amaliy ahamiyatini baholash, aytilgan g‘oyalarni aniqlashtirish va
yanada rivojlantirishdan iborat.
U
munozara
va
tanqidni,
argumentatsiyaning
aniqligini,
amaliy
yo‘naltirilganligini,
qiyosiy
tahlilni,
hisob-kitoblardan
foydalanishlikni
rag‘batlantirishi zarur.
Aqliy hujum usuli muammolarni tadqiq etish va ularning echimlarini izlash
usuli sifatida ko‘plab ko‘rinishlarga ega, xususan, qayd etilgan g‘oyalarni
jamoaviy muhokama qilish usuli bo‘lib, unda ijodiy jarayonning barcha
ishtirokchilari maxsus kartochkada birorta muammoni hal qilish yuzasidan o‘z
106
fikrlarini yozadilar. So‘ngra kartochkalar aralashtiriladi va tasodifiy tartibda barcha
ishtirokchilarga tarqatiladiki, ularning har biri kartochkada ko‘rsatilgan g‘oyaga
oshkora baho berishi kerak.
Buning atrofida, g‘oyani takomillashtirishga yoki uni noreal deb chetga
chiqarishga imkon beruvchi munozara paydo bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, “teskari aqliy hujum” usuli mavjud bo‘lib, unda g‘oyalarni
ishlab chiquvchi guruh shunga teskari ishni bajaradi: u vaziyatni baholashdagi
muammolarni, ularni echish imkoniyatlarini baholamagan holda aniqlaydi. CHunki
tadqiqot amaliyotida muammoni tushunish va boshqaruvni rivojlantirishda uning
vazifasini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.
“Ikkilangan aqliy hujum” usuli g‘oyalarni ishlab chiqishga tayyorgarlik
ishlarini, so‘ngra ularni tahlilsiz va baholashsiz, lekin tanaffusda norasmiy
muhokama qilgan holda qo‘yishni, keyin esa – tahliliy muhokama qilishni nazarda
tutadi. Bu erda, odatda, ijodiy guruh bilan parallel ravishda munozaraning
borishini kuzatuvchi va qimmatli fikrlarni qayd etib boruvchi ekspertlar guruhi
ishlaydi.
Vaziyatli yondashuv “aqliy hujum” usuli bilan yaxshi birlashadi va turli
ko‘rinishlarda ishlatilishi mumkin. Masalan, “aqliy hujum” usuli vaziyatdan aqliy
hujum yordamida ishlab chiqish va echish zarur bo‘lgan muammoning manbasi
sifatida foydalanishi mumkin; aqliy hujum protsedurasining o‘zi mustaqil qiziqish
uyg‘otuvchi vaziyat sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin; va nihoyat, vaziyatdan aqliy
hujum jarayonida axborot yoki dalilning manbasi sifatida foydalanish mumkin.
Muallifga “aqliy hujum” usulidan turli auditoriyalarda, nafaqat yangi g‘oyalarni
ishlab chiqish uchun, balki xodimlarni baholash, bir-biriga mosligini baholash,
guruhni shaklantirish, liderlarni aniqlash va boshqa maqsadlar uchun
foydalanishga to‘g‘ri kelgan.
Aqliy hujum usulidan foydalanish, faqat ushbu usulga ijodiy yondashish
sharti bilan samarali bo‘lishi mumkin. Bu, xususan, sinektika usulida amalga
oshirilgan.
107
Sinektika – bu turli, hatto bir-biriga mos kelmaydigan elementlarning
qo‘shilishidir.
Sinektika g‘oyasi “aqliy hujum” usulidan foydalanish amaliyotida hamda
yakka tartibdagi va jamoaviy ijodkorlikni o‘rganish jarayonida vujudga keldi.
Uning mohiyati – muammolarni ongli tadqiq etishda ongsiz mexanizmlarni ishga
tushirish asosida, intellektual faoliyat jarayonida ijtimoiy-psixologik o‘zaro ta’siri
asosida tadqiqotchilarning ijodiy faolligini to‘plash imkoniyatlarini qidirish va
amalga oshirishdir.
Sinektika g‘oyasi – “guruhli tafakkurni” shakllantirish, maxsus tashkil etilgan
“sinektorlar guruhi”.
Sinektikaning “aqliy hujum” usulidan asosiy farqi – muammolarni tadqiq
etish va echishga, g‘oyalarni ularning tugallangan va yakka mualliflik ko‘rinishida
emas, balki jamoaviy guruhli fikrlash jarayonini “sug‘oruvchi” tugallanmagan
g‘oyalar va fikrlarni taqdim etish sifatida ilgari surish nuqtai nazardan
yondashishdir. Ular kishining tafakkuriga qaraganda ko‘proq uning hissiyotlariga,
guruhga bo‘lgan munosabatiga, intuitsiyani faollashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi
noratsional axborot, metaforalar, obrazlar, xira sezgilar ko‘rinishida beriladi.
Guruh tarkibiga ko‘pincha, muammo yoki uning bir qismi tegishli bo‘lgan
bilim
sohasidagi mutaxassis hisoblangan
ekspert kiritiladi.
Guruhning
tadqiqotchilik faoliyatida ekspertning roli vaziyatga qarab turli xil bo‘lishi
mumkin: «ensiklopediya» roli, g‘oyalar, tushunchalar, obrazlarga g‘azab
sochuvchi «iblis advokat» vazifasi va hokazolar.
Guruh ishini tashkillashtirishda asosiy omil bo‘lib, ijodiy faollik impulslarini
kiritgan holda o‘zgarishi kerak bo‘lgan ma’lum psixologik holatlarga erishish
hisoblanadi. Birinchidan, bu befarqlik – jalb qilinganlik; ikkinchidan, orqaga surish
– ehtiyotkorlik; uchinchidan, fikr yuritish – erkinlik; to‘rtinchidan, erishganlik –
qoniqqanlik holati.
Sinektik guruhda, odatda, yaqqol lider bo‘lmaydi (har xolda usiz ishlagan
ma’qulroq). Guruhning barcha a’zolari navbatma-navbat lider rolini bajaradi.
108
Vaqtincha liderning asosiy vazifasi – guruhni muammoni ijodiy qabul qilishga
tayyorlashdan iborat.
Sinektika usuli uchta bosqichdan iborat:
noma’lumni go‘yoki ma’lum narsaga aylantirish;
ma’lumni go‘yoki noma’lumga aylantirish;
noma’lumni ma’lumga aylantirish.
Muammo vujudga kelganda dastlab doim uni tushunishga, idrok etishga,
ya’ni qandaydir ma’lum narsaga yaqinlashtirishga intilish paydo bo‘ladi. Biroq, bu
ma’lumot doim shartli, cheklangan, chunki aks holda na muammo, va na uni
echish zarurati bo‘lmas edi.
Keyinchalik, ushbu ma’lumot muammoni echish uchun etarli ekanligiga
shubha tug‘iladi, va tadqiqotchi ma’lum narsani go‘yoki noma’lumga
aylantirishga, ya’ni ma’lum narsani yangi muammo nuqtai nazardan qayta
anglashga, mavjud bilimlarning universalligiga shubhalanishga intiladi.
Ma’lum narsani go‘yoki noma’lumga aylantirishning beshta operatori
mavjud:
sub’ektiv o‘xshashlik;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlik;
ramziy o‘xshashlik;
obrazli o‘xshashlik;
fantastik o‘xshashlik.
Sub’ektiv o‘xshashlik – bu tadqiqotchining o‘rganilayotgan jarayon yoki
vaziyatning unsuriga, muammoning bir-biriga zid jihatlariga o‘ziga xos
“aylanishi”dir. Bunday yo‘l muammoning oddiy usulda qabul qilinmaydigan
jihatlari va qirralarini ko‘rishga yordam beradi. Ularni ko‘rish esa – bu muammoni
echish ehtimolini ko‘paytirish demakdir.
109
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlik – bu ikki parallel tarzda mavjud bo‘lgan
bilimlar yoki jarayonlar sohalari, vaziyatlar, muammolardan olingan dalillarni
taqqoslashdir.
Tadqiqotchilik faoliyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshashlikdan foydalanishga
eng mashhur misol – biologik ob’ekt xossalarini ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar,
tashkilotlar, texnika ob’ektlariga, umuman tabiatga yoki hatto jamiyatga
o‘tkazishdir. Aynan shu tarzda kibernetika g‘oyasi paydo bo‘lgan.
Ramziy o‘xshashlik oddiy narsalarda paradokslarni, ma’lumliklarda –
ziddiyatlarni, shubhasizlikda, oydinlikda – noaniqlikni qidirish va topishni nazarda
tutadi. Bu sog‘lom skeptitsizm usulidir.
Ramziy o‘xshashlik uchun tadqiq etilayotgan ob’ektning asosiy funksiyasini
ajratish va unda ushbu funksiyaga zid keluvchi sifatlarning mavjudligini, hamda
ularning haqiqiy birikmasi qanday ko‘rinishi mumkinligini aniqlash juda muhim.
Sub’ektiv va ramziy o‘xshashlikning qo‘shilishi obrazli o‘xshashlikni beradi.
Uning xususiyati – dastlabki tadqiqot ob’ektini birorta obrazga aylanishi bo‘lib, bu
obraz keyinchalik rivojlanishni tavsiflovchi mezon-obraz bilan taqqoslanadi.
Yozilgan vaziyat ko‘p darajada tadqiqotchining ongida ko‘rib chiqilayotgan
tashkilotning faoliyati haqidagi jonli tasavvurni shakllantiradiki, bu turli
o‘xshashliklarni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Fantastik o‘xshashlik ramzlar va obrazlardan foydalanishning eng yuqori
erkinligi bilan ajralib turadi. Bu erda istalayotgan kelajakning ramzi yoki ideal
obrazi etakchi vazifani bajaradi. Bu muammoning kutilmagan rakursini ko‘rishga,
fikrning oldindan o‘ylanmagan burilishini his etishga ko‘maklashadi. Masalan:
«zamonaviy texnika kishini yo‘q qiladi», «boshqaruv qanchalik mukammal bo‘lsa,
u ekologiyaga shunchalik yomon ta’sir ko‘rsatadi» va hokazolar sinektika usulida
ishtirokchilar guruhini to‘g‘ri shakllantirish muhim.
Sinektik guruh – bu kishilar jamoasi bo‘lib, ular shaxsiy sifatlari tufayli va
birgalikdagi faoliyat ma’lum tarzda tashkil qilinganda ijodkorlik, intuitsiya,
110
fantaziyani namoyon qilishga hamda murakkab, nooddiy muammolarning original
echimlarini topishga qodir.
Sinektika ijodiy faoliyat jarayonini osonlashtirmaydi – u uning tarangligini
oshiradi, muammolarni hal qilish ehtimolini ko‘paytiradi, tadqiqotchilik ishi bilan
qoniqishni motivatsiya qiladi.
Biroq bu sinektik guruhlarni shakllantirishning ma’lum qoidalariga amal
qilingandagina mumkin bo‘ladi.
Guruh uch bosqichda shakllantirilishi kerak bo‘lib, ularning har birida
nomzodlarni ma’lum tanlab olish mezonlari mavjud.
Birinchi bosqich uchun ma’lumot darajasi va tavsifi mezonlari eng muhim
hisoblanadi. Guruh turli bilim sohalari, shu jumladan muammo yoki tadqiqot
ob’ekti tegishli bo‘lgan soha mutaxassislaridan tuzilgan bo‘lishi lozim. Ma’lumot
darajasi, albatta, echilayotgan muammoning murakkabligiga mos kelishi kerak.
Har bir kishiga ma’lum energetik salohiyat xos – bu shunchaki faol xulqqa
moyillik emas, balki aqliy faoliyatning barcha vositalarini jalb qilish, ulardan
ratsional foydalanish qobiliyati, matonat, iroda, kuchlarni to‘plash.
Nomzodlar uchun yosh cheklovlari ham mavjud – 25 yoshdan 50 yoshgacha.
Kasbiy mahorat – shaxsan amaliy faoliyat bilan tekshirilgan bilimlarga ega
bo‘lish, shuningdek ijodiy faoliyatga moyillik va guruhda ishlash istagi muhim
omil hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich – kishining ijodiy faoliyat yuritish qobiliyatlarini baholash.
Bu erda asosiy omillar quyidagilardan iborat:
obrazli idrok qilish va metaforik fikrlash qobiliyati bo‘lib, uni maxsus
testlash yordamida, suhbatlashish jarayonida va boshqa usullar bilan aniqlash oson;
emotsional etuklik, ya’ni amaliy hatti-harakatlarga intilgan holda muammo
yoki vaziyatga his-tuyg‘uli munosabat bildirish;
tavakkalchilik qilish qobiliyati, ya’ni guruh boshqa ishtirokchilarining
g‘ayritabiiy g‘oyalarini, ularning nafratini qo‘zg‘amagan holda baholash va
boshqalar;
111
umumlashtirish qobiliyati, ya’ni yaxlitlikni ko‘rish, ajralgan dalillardan bir
butun suratni tuzish, asosiy narsani ajratish va ikkinchi darajali narsalarni chiqarib
tashlash qobiliyati.
Uchinchi bosqich – nomzodning aloqaga kirishuvchanlik ma’lumotlarini
tekshirish bo‘lib, uning sinektik guruhda ishlash samaradorligi ularning
rivojlanganlik darajasi va turiga bog‘liq bo‘ladi. Baholash predmeti quyidagilardan
iborat:
kinestetik nuqtai nazarlar, yoki o‘zaro muvofiqlashtirish hatti-harakatlarga
bildirilgan munosabatlar - u susaygan, ishonchsiz, inert, guruh ishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi bo‘lishi mumkin;
javobgarlik, ya’ni guruhda o‘z faoliyati va rolini baholashning majburiyligi,
ob’ektivligi;
motivatsion qo‘llab-quvvatlash: nomzod, guruhda ishlar ekan, kuzatish
hamda qulay payt poylash yo‘lini tutmasdan, fikrlar qizg‘inligini qo‘llab-
quvvatlashi, umumiy ijodiy faoliyat jarayonida o‘z funksiyasini, o‘rnini qidirib
topishi, faollikni namoyon qilishi zarur;
xilma-xillik maqomi, ya’ni guruh a’zolari xulq tavsiflarining turkumli
xilma-xilligi.
Guruhni shakllantirish uning unumli ishlashi uchun xali etarli emas – unga
birgalikda ishlashning ayrim usullarini o‘rgatish kerak.
O‘qitish davomiyligi har xil bo‘lishi mumkin – bir necha haftadan bir necha
oygacha. Asosiysi – usul haqidagi tushunchani shakllantirish, sinektik guruhni har
bir a’zosining vazifasini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: |