Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

4.6. Delfi usuli 
Amaliyotda «delfi» usuli keng tarqalgan. Delfi usuli – bu o‘zaro 
muvofiqlashtirish protsedurasi bo‘lib, u har xil turdagi prognozlarni tuzish, u yoki 
bu hodisani amalga oshirish ehtimolini baholash, vaziyatda bayon etilgan 


112 
boshqaruv tizimi alohida bo‘g‘inlari ish samaradorligining miqdor va sifat jihatdan 
baholarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu usul XX asrning 50-yillarida – AQShdagi 
“aql markazlari”dan biri – Rendcorporation xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. 
Delfi usuli, eramizdan avvalgi 880-yilda qurilgan Apollon ibodatxonasi yaqinida 
vujudga kelgan Delfa shahrining nomiga qo‘yilgan. Ushbu ibodatxona kohinlari 
o‘ziga xos ekspertlar kengashini tuzib, u voqealarni prognoz qilib, kelajak xususida 
tavsiyalarni berar edi. 
Delfi usuli o‘zining rivojlanish jarayonida qator o‘zgarishlarni boshdan 
kechirdi. Uning zamonaviy texnologiyasi ekspertizaga etarlicha ko‘p sonli chuqur 
bilimli mutaxassislarni jalb qilishga imkon beradi.
Usulning sifati va ishonchliligi ko‘p darajada ekspertlarni tanlab olishga 
bog‘liq bo‘lib, ular quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak: chuqur bilimdonlik, 
mustaqillik, qo‘yilgan vazifani echishdan manfaatdorlik, ob’ektivlik va boshqalar. 
Ushbu usuldan foydalanish samaradorligi ko‘p jihatdan ekspertiza rahbariga, 
ya’ni so‘rovnoma qatnashchilari ishini yo‘naltiruvchi, ularga oraliq natijalarni 
ma’lum qiluvchi va zarur bo‘lganda keyingi turlarni tashkil qiluvchi koordinatorga 
bog‘liq. 
Usul ekspertlarni birma-bir yakka tartibda so‘rab chiqish va ularning fikrlarini 
yagona fikrga umumlashtirishga asoslangan. Odatda, ekspertlarni so‘rashning bir 
necha turlari o‘tkaziladi. 
Birinchi turda har bir ekspert vaziyatning tavsifini oladi, vaziyat xususiyatlari 
va mazmuniga muvofiq maxsus ishlab chiqilgan anketa savollariga javob beradi. 
So‘ngra barcha anketalar qayta ishlanadi, shundan keyin ekspertlarga natijalar 
e’lon qilinadi. 
Anketalarni qayta ishlash ekspertlarning baholaridan har bir o‘lchanayotgan 
kattalik uchun variatsiya qatorini tuzishdan iborat. Bunda variatsiya qatori deganda 
o‘lchanayotgan kattalikning (X) o‘sib borish tartibidagi ekspert baholari qatori 
tushuniladi. 


113 
Anketa-topshiriqlarni (birinchi tur natijalarini) qayta ishlash ma’lumotlari 
ekspertlarga qaytariladigan ushbu anketalarga, shuningdek mezonning sonli 
qiymatini 
aniqlash 
natijalarini 
hisobga 
olish 
jadvaliga 
kiritiladi. 
Muvofiqlashtiruvchi ekspertiza qatnashchilariga birinchi tur natijalarini e’lon 
qiladi va ulardan ushbu natijalarni hisobga olgan holda o‘lchanayotgan kattalikka 
bergan o‘z baholarini, shuningdek, imkon bo‘lsa, vaziyat to‘g‘risidagi qo‘shimcha 
axborotni taqdim etish zaruratini aniqlashtirishni so‘raydi. 
Ikkinchi turda ekspertlar tomonidan baholarni qo‘yish protsedurasi, anketa-
topshiriqlarni to‘plash va qayta ishlash xuddi birinchi turdagi kabi amalga 
oshiriladi. 
Ekspertlar baholarining tarqoqlik diapazonining keskin torayishi ro‘y bergan 
prognozlashtirilayotgan kattaliklar kelgusi tadqiqotlardan chiqarib yuboriladi. 
Uchinchi turda, ekspertlarning kelishilgan fikrlari olinmagan har bir 
prognozlashtirilayotgan kattalik bo‘yicha ikkinchi tur ma’lumotlari so‘rovnoma 
ishtirokchilariga, o‘zining oldingi baholarini aniqlashtirish va ekspertlar fikrining 
farqlanish sabablarini ko‘rsatish iltimosi bilan ma’lum qilinadi. 
Uchinchi tur so‘rovnoma natijalarini qayta ishlash yangi, kelishilgan fikrlarga 
erishilgan prognozlashtirilayotgan kattaliklarni aniqlab beradi yoki zamonaviy 
bosqichda tadqiqot predmeti haqidagi tasavvurlarning shunday kelishilganlik 
imkoniyatini yo‘qqa chiqarayotgan sabablar ro‘yxatini ko‘rsatadi hamda 
vaziyatning o‘zini to‘g‘rilash kerakmi-yo‘qmi degan savolga javob beradi. 
Ekspertlarni yoyib yuborish, ya’ni turli xonalarda joylashtirish yordamida 
o‘tkaziladigan ekspertiza ham xuddi shunday olib boriladi. 
So‘rovnoma natijalarini qayta ishlash yakuni – bu koordinator va uning 
yordamchilari tomonidan to‘ldiriladigan mezonlarning sonli qiymatlarini aniqlash 
bo‘yicha jamlanma jadval hisoblanadi. 
Yakuniy bosqichda ekspert so‘rovnomasi yakunlari, masalan, firma 
rahbariyati majlisida chiqariladi. So‘rovnomani o‘tkazish va ma’lumotlarni qayta 
ishlash texnologiyasi tuuntiriladi, tizimning alohida bo‘g‘inlari ishini baholash 


114 
bo‘yicha fikrlarning kelishilmaganlik sabablari tahlil qilinadi, natijalardan 
firmaning kelgusi faoliyatini rejalashtirishda foydalanish haqidagi qaror qabul 
qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin