117
V BOB. MENEJMENTDA TADQIQOTLARNI REJALASHTIRISH VA
TASHKILLASHTIRISH
5.1.Tadqiqot dasturini shakllantirish
Qo‘yilgan maqsadga qarab tadqiqotning aniq vazifalari va ob’ektlari
aniqlanadi. Tadqiqot dasturi turli predmet sohalarini ko‘rib chiqishni o‘z
ichiga
olishi mumkin. Shu tarzda, boshqaruv tizimini kompleks tadqiq etishda ishni
tashkilotning
umumiy tavsifidan, masalan: faoliyat sohasi, mahsulot, tarix,
joylashgan joyi va boshqalardan boshlagan ma’qul. To‘liq kompleks tadqiq etish
uchun shuningdek tashqi muhit omillarini ko‘rib
chiqish zarur, biroq ular juda
ko‘pligi sababli ulardan aniq muammoni echishga yordam beruvchi eng
ahamiyatlilarini ko‘rib chiqish zarur. Tadqiqotlarning
maqsadiga qarab
shuningdek, tashkilotning vaziflari va strategiyasi yaxlit tarzda, moliyani,
marketingni,
ishlab chiqarish faoliyatini, inson resurslarini boshqarish va
hokazolar ko‘rib chiqilishi mumkin.
Tadqiqot ob’ektlarining ro‘yxati qo‘yilgan maqsadlar va vazifalarga
muvofiq tuziladi. Predmetli sohalarni ko‘rib chiqish
ketma-ketligi tashkilotning
o‘ziga xos xususiyatlarini, mavjud axborotni, rahbariyat
talab-istaklarini va
kutilayotgan natijalarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Tadqiqot dasturi o‘zida kelgusi faoliyatning mazmuni va batafsil rejasini
ifodalaydi. Dasturni ishlab chiqish quyidagilarni nazarda tutadi:
tekshirilishi zarur bo‘lgan predmetli sohalar ro‘yxatini aniqlash;
ularni ko‘rib chiqish ustuvorliklarini belgilash,
tadqiqotni detallashtirish
darajasini aniqlash;
tadqiqot metodikasini, ya’ni muammoni aniqlash va echishda foydalanish
zarur bo‘lgan usullar va yo‘llarni aniqlash;
o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha axborotni to‘plash va qayta ishlash
usullari va vositalarini aniqlash: anketalar,
kartalar, guruhlashtirish jadvallarini
va boshqa ishni olib borish uchun kerakli vositalarni aniqlash;
118
hisobot hujjatlarini va ularga qo‘yiladigan talablarni, shu jumladan taqdim
etish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash muddatlarini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: