5.3.Tadqiqotning texnologik sxemasi
Har qanday tadqiqot muayyan, tadqiqot usullarining ketma-ketligi va
kombinatsiyasini aks ettiruvchi texnologik sxemaga asoslangan tashkiliy jarayon
hisoblanadi.
Texnologiya – bu tadqiqotni oqilona tuzish variantidir. Masalan, uyni
qurish avval poydevorni, so‘ngra uyning o‘zini, va nihoyat tomni barpo etishni
nazarda tutadi. Bu ushbu faoliyat turining mazmuni va xususiyatlarini aks
ettiruvchi qurilish jarayonidir. Biroq ushbu jarayon doirasida qurilish
texnologiyasi turlicha bo‘lishi mumkin: avval poydevorning bir qismini barpo
etish va ushbu qismi bo‘yicha devorlar qurishni boshlash; parallel ravishda tom
elementlarini tayyorlash mumkin. Barcha narsa qurilish materiallarining
mavjudligi va taqsimlanishiga hamda ulardan foydalanish variantlarini tanlashga
bog‘liq.
Jarayon doim ob’ektiv ishni bajarish bosqichlarini aks ettiradi, texnologiya
– bu ishlarni oqilon bajarish varianti.
Tadqiq etilayotgan muammoning tavsifiga, shuningdek aniq sharoitlarga
(vaqt, resurslar, malaka, muammoning o‘tkirligi va h.k.) qarab, texnologik
sxemalar turlicha bo‘lishi mumkin. Samarali texnologik sxemalarni tanlash yoki
ularni haqiqiy ehtiyojlar va sharoitlarga muvofiq tuzish muhim.
Eng oddiy va tarqalgan texnologiya – chiziqli texnologiya bo‘lib, u
tadqiqotlarni vaziyatni yozish va tahlil qilish, muammoni qo‘yish, uni echish
vazifalarini shakllantirish, tadqiqot usullarini tanlash, tahlil qilish va ijobiy
echimlarni qidirish, echimni eksperimental tekshirish, agar bunga imkon bo‘lsa,
innovatsiyalarni ishlab chiqish bosqichlari bo‘yicha ketma-ket olib borishdan
iborat.
120
Har bir bosqich tadqiqot usullarining o‘ziga xos to‘plami hamda vaqt
cheklovlari bilan tavsiflanadiki, bu tadqiqot o‘tkazish muvaffaqiyatini
belgilaydi.
Amaliyotda har doim ham texnologik sxemani shunday to‘g‘ri chiziqli va
izchil qurib bo‘lmaydi. Bosqichlarning har birida yangi muammolar yoki
qiyinchiliklar vujudga kelishi hamda ular oldingi bosqichga qaytishga va uni
tadqiq etishni tuzatishga majbur qilishi mumkin.
Masalan, muammo yuzaki va bir tomonlama aniqlangan bo‘lib chiqishi
mumkin, uni yangi rakursda ko‘rib chiqish zarurati paydo bo‘ladi va hokazo.
Bularning barchasi o‘tib ketilgan bosqichlarga qaytishga, o‘tkazib bo‘lingan
tadqiqot ishlarini to‘g‘rilashga majbur qilishi mumkin. SHu tarzda yangi tadqiq
etish texnologiyasi turkumi – davriy tadqiqot turkumi vujudga keladiki, u o‘tib
bo‘lingan bosqichlarga, natijalarning ishonchliligini ta’minlash uchun bosib
o‘tilganni takrorlashga qaytish bilan tavsiflanadi. Vaziyatli yondashuvda
ko‘pincha tahlil qilish bosqichida vaziyat mazmunini qidirish va kerakli axborot,
masalan, yangi dalillar yoki statistika bilan to‘ldirish uchun vaziyat bayoniga
qaytishga to‘g‘ri keladi. Aynan yozilgan vaziyat barcha voqealarni yanada to‘liq
va kompleks ko‘rish hamda mavjud axborotni oddiy, izchil to‘ldirishga
qaraganda kerakli axborotni yanada asosli ravishda aniqlash imkonini beradi.
Ratsional texnologiyalarning ko‘p sxemalari ishlarni yoki operatsiyalarni
parallel bajarish imkoniyatini ko‘zda tutadi. Masalan, murakkab, kompleks
muammolarni echishda alohida tadqiqotchilik ishlarini parallel bajarish mumkin,
ayrim hollarda esa bu hatto, masalan, bir-biridan mustaqil ishlayotgan
ekspertlardan foydalanishda zarurdir. Mazkur texnologiya vaqtni tejaydi,
xodimlardan
yanada
samarali
foydalanish
imkonini
beradi,
uning
kompetentligini va faoliyat unumdorligini oshiradi.
Parallel tadqiqot texnologiyasining bir ko‘rinishi – bu faoliyatni
tarmoqlantirish texnologiyasi: muammo aspektlari yoki uni echish funksiyalarini
bo‘lish, ayrim muammo turlari bo‘yicha bir xil parallel tadqiqotlarni o‘tkazish.
121
Axir tadqiqot – bu doim eng yaxshi natijani olish maqsadida noma’lum, yangi,
nooddiy narsalarni qidirishdir.
Tadqiqotda, ularning echimini avvaldan belgilangan sxemada tasavvur
qilish qiyin bo‘lgan muammolar mavjud bo‘lganda moslashuv turkumiga tegishli
texnologiyadan – har bir tadqiqot bosqichini o‘tkazish davomida texnologik
sxemani ketma-ket to‘g‘rilashdan foydalaniladi. Texnologik sxemadagi har bir
bosqich uning natijalari bo‘yicha baholanadi, va bu baho yangi bosqichni
aniqlash uchun zarurdir.
Tadqiqotning texnologik izchilligi uni o‘tkazishning aniq maqsadlarini
hisobga olmasligi mumkin emas – bu vaziyatni chuqur o‘rganish va aniqlangan
muammoni butunlay hal qilish maqsadlari, muammoni qisman echish
maqsadlari, yangi bilimlarni olish va xizmatchilarning ma’lumotlarini
rivojlantirish maqsadlari, yangiliklar dasturini ishlab chiqish maqsadlari bo‘lishi
mumkin.
Qisman o‘zgartirish maqsadlariga erishish uchun faoliyat sifatini izchil
o‘zgartirish texnologiyasidan: mavjud boshqarish sifatini baholash va
noprinsipial, ahamiyatsiz, lekin haqiqiy sifat o‘zgarishlarini qidirishdan
foydalaniladi. Bunday texnologiya tadqiqotlarni kam resurslar mavjudligida
o‘tkazish, innovatsiyalar, tavakkalchiliklarni chetlab o‘tish, qayta o‘zgartishlar
ishonchliligini oshirish imkonini beradi.
Tasodifiy qidiruv texnologiyasi ham mavjud. Bunday texnologiyaning
birinchi bosqichida muammoni qo‘yishga, uni tanlash, asoslashga ko‘p e’tibor
qaratish nazarda tutilmaydi. Istalgan muammo olinadi, va unga tayangan holda
tutash muammolar tadqiq etiladi, aloqalar o‘rnatiladi, ushbu asosda rivojlanish
yo‘nalishini aniqlanib, u unga diqqat-e’tiborni jamlash zarur bo‘lgan asosiy
muammoni aniqlab beradi. Vaziyatli yondashuvda bunday texnologiya vaziyatni
yozishda va muammoni aniqlashda, ya’ni birinchi variantda aniqlangan
muammo vaziyatni keyingi his etilishini ham, shuningdek vaziyatning dalillarni
122
to‘plash, voqelarni his etish va hokazolar bilan bog‘langan yozilishini ham
aniqlaydigan vaqtda qo‘llanishi mumkin.
Yana bir tadqiqot texnologiyasi – mezonli tuzatish texnologiyasi mavjud
bo‘lib, u tadqiqotni tayyorlashda texnologik sxemaning o‘zi emas, balki
tadqiqotni o‘tkazish paytida uni ehtimoliy tuzatish mezonlari majmuasi ishlab
chiqiladi.
Agar biz ma’lum natijaga erishsak, unda muayyan hatti-harakatlarni
bajaramiz, aks holda biz oldingi yoki qandaydir boshqa bosqichga qaytamiz va
yana qidirishni davom ettiramiz. Ushbu texnologik sxema ba’zan tadqiqot
algoritmi deb ataladi.
Tadqiqot o‘tkazishni texnologik sxemalarini tanlash uning samaradorligini
oshirishga ko‘maklashadi. Tadqiqot texnologiyasi ko‘p jihatdan tadqiqotchining
mahoratini aks ettiradi.
Boshqaruv vaziyatlarini tadqiq etish har xil ishlarni bajarishni nazarda
tutadi. Ularning tavsifi va mazmuni olib borilayotgan tadqiqotning maqsadi va
turiga, shuningdek o‘rganilayotgan ob’ektning o‘zga xos xususiyatlariga bog‘liq.
Biroq, har qanday tadqiqot olib borilayotganda bajariladigan quyidagi ish turlari
mavjud:
tadqiqot maqsadlari va vazifalarini qo‘yilishi;
tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlash;
mavjud axborotni dstlabki tahlil qilish;
muammoni aniqlash;
boshlang‘ich gipotezalarni ifodalash;
axborotni to‘plash va qayta ishlash;
natijalarni tahlil qilish va umumlashtirish;
olingan dalillar asosida boshlang‘ich gipotezalarni tekshirish;
xulosalarni ta’riflash, ularning asoslanganligini tekshirish;
tadqiqot natijalarining yakuniy ifodalanishi.
123
Bundan tashqari, vaziyatlarni tadqiq etishda iqtisodiy-matematik modellarni
ishlab chiqish, ulardan qo‘shimcha axborotlarni olish, eksperimentlar o‘tkazish
uchun foydalanish mumkin. Ushbu ish turlari doim ham bajarilmaydi, chunki
modellashtirish va eksperiment o‘tkazish tadqiqotni murakkablashtiradi, uni
davomli va yuqori qiymatli qiladi. Biroq esda tutish kerakki, tadqiqot jarayonida
iqtisodiy-matematik modellar va eksperimentdan foydalanish olinadigan
natijalarning to‘g‘riligi va ishonchliligini oshiradi.
Har qanday tadqiqot rejalashtirilgan bo‘lishi zarur. Vaziyatlarni tadqiq
etishni rejalashtirish, ishlab chiqilgan reja asosida tadqiqotchilik va loyihalash
ishlarini o‘rnatilgan muddatlarda berilgan sifat darajasida va ajratilgan resurslar
doirasida bajarishni tashkillashtirish uchun amalga oshiriladi. Istalgan yangilik
kiritish, u texnik, iqtisodiy, kadrlar va ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlangan
bo‘lsagina, uning korxona iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining barcha
tomonlariga ko‘rsatadigan ta’siri hisobga olingan bo‘lsagina samara keltiradi.
Vaziyatlar tadqiqotini rejalashtirishning asosiy vazifasi – ishlarni bajarish
tartibi, ketma-ketligi va muddatlarini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar tizimini
aniqlashdan iborat.
Aniq tashkilot muammolarini o‘rganuvchi amaliy tadqiqotlarni o‘tkazishda,
ishlar rejasi shuningdek tadqiqot natijalarini boshqaruv amaliyotiga tatbiq etishni
va sinovdan o‘tkazishni (aprobatsiya qilishni) nazarda tutishi mumkin.
Aprobatsiya qilish bajarilgan tadqiqotni tashkilot rahbariyati bilan muhokama
qilishdan, shuningdek olingan natijalarni mehnat jamoasining yig‘ilishida,
konferensiyada, majlisda ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishi mumkin. Tadqiqot
natijalarini tatbiq etish ularni boshqaruv amaliyotida faol qo‘llash yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Boshqaruv vaziyatlari tadqiqotini rejalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:
1.
Tekshiriladigan tashkilot, uning alohida bo‘linmalari yoki ish o‘rinlarini
aniqlash.
124
2.
Muammo yoki muammolarni aniqlash va tadqiq etish bo‘yicha taxminiy
ishlar hajmini aniqlash.
3.
Kutilayotgan natijalarni ta’riflash.
4.
Rejalashtirilgan ish hajmini amalga oshirish uchun kerakli xodimlarning
miqdoriy va kasbiy-malakaviy tarkibini aniqlash.
5.
Rejalashtirilgan ishlarni bajarish muddatlarini belgilash.
6.
Tadqiqotlarni bajarish uchun kerakli sharoitlarni, shu jumladan xonalar,
tashkiliy texnika, uskunalar, jihozlarga va hokazolarga ehtiyojlarni aniqlash.
7.
Rejalashtirilayotgan ishlarning smeta qiymatini hisoblash.
Umumiy tadqiqot rejasi ishchi rejada – mavzu bo‘yicha tadqiqotlar rejasini
rivojlantirish maqsadida tuziladigan hujjatda aniqlashtiriladi. U quyidagilarni
aniqlaydi:
umumiy ishlar hajmini bosqichlarga ajratish;
tadqiqot bosqichlari bo‘yicha ishlarni boshlash va yakunlashning kalendar
muddatlari, ishlarni bajarish jadvali;
ishchi guruhlar va alohida ijrochilar bo‘yicha aniq tadqiqot ob’ektlarini va
sohalarini taqsimlash;
ishchi guruhlar rahbarlari va ijrochilarning aniq vazifalari va vakolatlarini
belgilash;
oraliq natijalarni, shuningdek buyurtmachiga hisobot hujjatlarini taqdim
etish shakllari va muddatlarini belgilash;
har bir tadqiqot bosqichi bo‘yicha ishlar qiymatini aniqlash:
Mavzu bo‘yicha tadqiqot rejasi ishlar hajmi, muddatlar, kerakli resurslar,
kutilayotgan natijalarni aniqlaydi; ishchi reja o‘zida harakatlar jadvalini,
ijrochilarning tarkibi va vakolatlarini, tadqiqotlar o‘tkazish jadvalini, har bir
tadqiqot bosqichida ishlar qiymatini ifodalaydi.
125
Tashkilotning kadrlar bilan ta’minlanganligini tadqiq etish, xodimlarni
mehnat jaranida o‘zining ishtiroki bilan tayyor mahsulot yaratadigan maxsus
resurs sifatida baholash uchun zarurdir.
Tashkilotning kadrlar bilan ta’minlanganligini tavsiflash uchun mehnat
salohiyatining miqdoriy va sifat tavsiflari ko‘rib chiqiladi. Mehnat salohiyatini
miqdor jihatdan tavsiflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar ishlatiladi:
sanoat-ishlab chiqarish xodimlari va nosanoat bo‘linmalar xodimlarining
soni;
me’yoriy mehnat jadalligi darajasida ishlab berish mumkin bo‘lgan ish
vaqti miqdori (xodimning mehnatda qatnasha olish chegaralari).
Mehnat salohiyatini sifat jihatdan baholash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar
ishlatiladi:
korxona xodimlarining jismoniy va psixologik salohiyati (xodimning
mehnat qobiliyati va moyilligi – salomatlik, jismoniy rivojlanish, bardoshlilik
ahvoli va h.k.);
ma’lum sifatga ega mehnat qilish qobiliyatini aniqlaydigan umumiy va
maxsus bilimlar, mehnat ko‘nikmalari va uquvlari hajmi (ta’lim va malaka
darajasi, tayyorgarlikning fundamentalligi va h.k.);
xo‘jalik faoliyati sub’ektlari kabi jamoa a’zolarining sifati (mas’uliyat,
mehnatga qiziqish, korxona iqtisodiy faoliyatiga daxldorlikning mavjudligi va
h.k.).
Korxonaning mehnat jamoasini quyidagilar ham tavsiflaydi:
ijtimoiy-demografik komponentlar: jins-yosh tuzilishi, ma’lumot darajasi,
oilaviy tarkibi, salomatlik ahvoli va boshqalar;
ishlab chiqarish komponentlari: kasb-malaka tuzilishi, kasbiy bilimdonlik
darajasining oshishi va yangilanishi, ijodiy faollik va boshqalar.
Bu kabi axborotni to‘plash maxsus tadqiqotlarni – suhbatlashish, testlash,
kuzatish va boshqalarni talab qiladi.
126
Tashkilot kadrlaridan foydalanish darajasini o‘rganish uchun ularning
mehnat qilish jarayonini tahlil qilish zarur. Bu quyidagi ikki asosiy omillar
negizida bajarilishi mumkin:
aniq xodimning mehnat xarajatlarini o‘rganish;
uning mehnatining qizg‘inligini o‘rganish.
Umumiy holda boshqaruv xodimlarining mehnat xarajatlari sarflangan vaqt
bilan tavsiflanadi. Bu tahlilning muhim bosqichidir, chunki kishi harakatlari va
uning mehnat natijalari o‘rtasidagi vaqt bog‘lanishlarini ochib, nafaqat ish
samaradorligini baholash, balki haqiqiy sharoitlarda lavozim majburiyatlarini
bajarishga ish vaqti xarajatlarining ob’ektiv zaruriy miqdorini aniqlash mumkin.
Olingan natijalar asosida to‘xtab turishlar, tanaffuslar va boshqa, bartaraf etish
kerak bo‘lgan vaqt yo‘qotishlarini aniqlash mumkin. Ish vaqti xarajatlarini
o‘rganishning maqsadi alohida xodim ish vaqtini yuklanishi haqida tasavvur
hosil qilishdan iborat.
Boshqaruv apparatida ish vaqti xarajatlarini tahlil qilish usullari bilan
umuman olganda, mehnatni me’yorlashtirish amaliyotida yaxshi ishlab chiqilgan
ishlab chiqarish xodimlari ish vaqti xarajatlarini tahlil qilish usullari bilan bir xil.
Bularga axborot to‘plash uchun qo‘llanadigan uzluksiz kuzatishlar usuli (ish
vaqtini fotosuratga olish va xronometraj qilish), tanlanma kuzatishlar usuli
(davriy va fursatli), anketalash, intervyu olish, so‘rovlar o‘tkazish kiradi.
Funksiyalarni, umumiy ishlangan vaqt hajmida ish vaqti yo‘qotishlari
(xodimning aybi bilan va boshqa unga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra)
ulushini, ijodiy, tashkiliy va texnik ishga xarajatlar ulushini, lavozimga xos va
xos bo‘lmagan ishlarni bajarishga xarajatlar ulushini ajratish bilan bajarish
paytidagi vaqt xarajatlari tuzilishi baholanadi. Ayni vaqtda shuni yodda tutish
kerakki, ish vaqti xarajatlari bo‘yicha mehnat jarayonining tavsifi birmuncha
rasmiy xususiyatga ega va uning mohiyatini aks ettirmaydi.
Shu sababli xodim mehnatini nafaqat uning miqdoriy, balki sifat tavsiflari –
qizg‘inligi, jadalligi bo‘yicha ham baholagan ma’qul. Xodim mehnati olingan
127
natijalar, ya’ni tayyorlangan hujjatlar, qabul qilingan qarorlar, qabul qilingan
tashrifchilar soni va boshqalar bilan bilvosita tavsiflanishi mumkin.
Boshqaruv tizimida hujjat asosiy axborot tashuvchi hisoblanadi, shu sababli
axborot ta’minotini tadqiq etishda eng avvalo boshqaruv apparatiga hujjatli
xizmat ko‘rsatish tizimini ko‘rib chiqish zarur. Bunda quyidagilar aniqlanadi:
qator yillar uchun boshqaruv apparatining kirish va chiqish hujjatlari
hajmi;
kirish va chiqish hujjatlari tarkibining umumiy tavsifi, mazkur boshqaruv
appparatining asosiy va eng ommaviy hujjatlari;
hujjatlarning tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha taqsimlanishi, hujjatlar
oqimlarining umumiy tavsifi;
standart va unifikatsiya qilingan hujjat shakllarining mavjudligi hamda
mavjud hujjatlarni mashinali qayta ishlash usullari;
boshqaruv apparatida ish yuritish masalasi qo‘yilishining umumiy tavsifi;
hujjatli ishlarni tartibga solish darajasi va hisobga olish-ma’lumot berish
apparatining holati.
Ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotlarning manbalari quyidagilardan
iborat:
1.
Devonxona va tarkibiy bo‘linmalarning hisobga olish-ma’lumot berish
apparatining ma’lumotlari.
2.
Ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma.
3.
Tadqiqotchilarning chuqur bilimga ega boshqaruv apparati xodimlari
bilan shaxsiy suhbatlari.
Boshqaruv apparatiga hujjatli xizmat ko‘rsatishni batafsil tekshirish va
tahlil qilishda quyidagi ish turlari amalga oshiriladi:
1.
Boshqaruv apparati hujjatlari tarkibini va harakatini o‘rganish, ya’ni
hujjatlar oqimi tarkibining batafsil miqdoriy tavsifi, asosiy va eng ommaviy
128
hujjatlarning harakatlanish marshrutlarini, muassasaning eng ommaviy ish
turlarini bajarishga hamrohlik qiluvchi hujjatlar kompleksini o‘rganish.
2.
Ish yuritish masalasi qo‘yilishini o‘rganish.
3.
Hujjatlar shaklini, ya’ni hujjatlar shaklidan foydalanish va o‘zaro
bog‘liqligini, hujjatlardagi rekvizitlarning harakatlanishida ko‘rsatkichlarning
takrorlanuvchanligini o‘rganish.
Olingan ma’lumotlarini tizimga solish va umumlashtirish uchun
tadqiqotchilar boshqaruv apparati hujjatlar aylanmasi sxemasini tuzadilar va
uning kompleks tahlilini o‘tkazadilar.
Tadqiqotni tashkil qilish o‘z ichiga qator masalalarni echishni oladi.
Ishlarni tashkil qilish jarayonida tadqiqotchilik loyihasini amalga oshirish
to‘g‘risidagi buyruq chiqariladi, dasturlarning rahbarlari va ishchi guruhlarning
rahbarlari tayinlanadi; ular orasida aniq topshiriqlar taqsimlanadigan tegishli
malakali mutaxassislar tanlab olinadi; ishchi guruhlar barcha kerakli resurslar
bilan ta’minlanadi.
Barcha tadqiqotchilik va loyihalash ishlariga umumiy rahbarlikning oliy
daraja menejerlari tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiq – bu holda
tadqiqotchilik loyihasi haqiqatan yuqori maqomga ega bo‘ladi, resurslar bilan
o‘z vaqtida ta’minlanadi, tadqiqotchilar barcha kerakli axborotga ega bo‘la
oladilar. Shunday qilib, birinchi rahbarning qonuniy hokimiyati tadqiqot
jarayonini engillashtiradi, tezlashtiradi, va zarur bo‘lganda natijalarni boshqaruv
amaliyotiga, boshqa tashkilot a’zolari tomondan yangiliklarga eng kam qarshilik
ko‘rsatilgan holda tatbiq etishni ta’minlaydi.
Kutilayotgan natijalar sifatini oshirish uchun tadqiqotchilik ishiga tashkilot
turli bo‘linmalari va xizmatlarini jalb qilish zarur. Bu bo‘linmalardagi mavjud
axborotdan eng to‘liq foydalanish va tadqiqotchilik ishida, bu ishga rasman jalb
qilinmagan xodimlarning ijodiy salohiyatini ishga solish imkoniyatini beradi.
Tadqiqotlarga
shtatda
turuvchi
mutaxassislar
bilan
birga
tashqi
maslahatchilik, ilmiy-tadqiqotchilik va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlarning
129
vakillarini, shuningdek, boshqaruv tizimlarini tadqiq etish sohasida kerakli
malaka va tajribaga ega alohida kasb ustalarini jalb qilish mumkin.
Shuni yodda tutish kerakki, chetdan jalb qilingan shaxslar tomonidan
bajarilayotgan tadqiqotchilik ishi, faqat tashkilot rahbariyati va tashqi
maslahatchilar orasida haqiqiy hamkorlik mavjud bo‘lgandagina tashkilot uchun
samarali va chindan foydali bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |