Menejmentning tadqiqot usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/67
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189379
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
MENEJMENTNING TADQIQOT USULLARI дарслик

Internet saytlari 
1.
www.studmed.ru.
2.
 
www.rc-analitik.ru. 
3.
www.studwood.ru. 
4.
www.
sovman.ru. 
5.
www. it.rfei.ru. 
VI BOB. MENEJMENTDA TADQIQOTLARNING SAMARADORLIGI 
6.1.
Tadqiqot samaradorligi tushunchasi va uni asosiy shakllantirish 
omillari 
Tadqiqot samaradorligi – bu muvaffaqiyatga olib boruvchi eng qisqa tadqiqot 
o‘tkazish variantini aniqlash yoki topishdir. Biroq bu ta’rifni yanada aniqroq ta’rif 


131 
bilan to‘ldirish mumkin: tadqiqotning samaradorligi – bu uning tavsiflaridan biri 
bo‘lib, uni o‘tkazish uchun sa’y-harakatlar (yoki resurslar) xarajatlari va natija 
(yoki maqsadga erishish darajasi) o‘rtasida qanday o‘zaro bog‘lanish mavjudligini 
ko‘rsatadi. 
Tadqiqot, avval aytilganidek, inson faoliyat turi bo‘lib, har qanday faoliyat 
singari ma’lum miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi. Muammo, 
echilishi yoki chiqarib tashlanishi mumkin bo‘lgan tadqiqot markazi hisoblanadi. 
Tanlovni amalga oshirish talab qilinadi, buning uchun esa baholash kerak. 
Baholash – bu ham inson faoliyat turi bo‘lib, u vaqt va resurslarni talab qiladi, 
ular etishmasligi yoki qimmat bo‘lishi mumkin. Muqobilliklarni baholash yoki 
baholamaslik bilan bog‘liq zararlarni, agar bahoni aniqlash uchun kerakli xuddi 
shunday tadqiqot o‘tkazilmasa, juda kam hollarda aniq hisoblash mumkin. Shu 
sababli baholash boshqaruv qarori qabul qilingunga qadar o‘tkaziladi. 
Tadqiqotlar samaradorligi ma’lum tatbiq etish sharoitlarida ularning ijobiy 
natija berish qobiliyatini tavsiflaydi. 
Tadqiqotlar samaradorligi uni amaliyotga tatbiq etishda olingan u yoki bu 
natija bilan aniqlanadi. Bundan: tadqiqot natijalarini baholash ilmiy darajani
iqtisodiy samaradorlikni, ijtimoiy va ekologik oqibatlarni aks ettirishi kerakligi 
kelib chiqadi. 
Tajriba tasdiqlashicha, tadqiqot natijalarini baholash juda qiyin. 
Tadqiqot natijasi odatda ketgan xarajatlar bilan taqqoslanadi, tadqiqot 
natijasida olingan qo‘shimcha bilimlar bilan belgilanadigan ilmiy amaliy 
samaradorlik ajratiladi, hamda uning tasdig‘i mualliflik guvohnomalari, patentlar 
berilishi, chop etilgan ishlarning mavjudligi va h.k. hisoblanadi.
Boshqaruv samaradorligini mazmuniga ko‘ra iqtisodiy va ijtimoiy 
samaradorlikka ajratish mumkin. Bunday bo‘linish samara shakllarining o‘ziga 
xosligi va maqsadlarning farqlanishiga asoslanadi. 
Iqtisodiy samaradorlikka ishlab chiqarish jarayonlarida resurslarning 
(xodimlar, mehnat ashyolari va vositalari) o‘zaro birgalikdagi harakati orqali 


132 
erishiladiki, bu ishlab chiqarish va boshqarishga xarajatlarda amda ushbu 
jarayonlarning iqtisodiy natijalarida aks etadi. Buni resurslarni va ulardan 
foydalanish ko‘rsatkichlarini taqqoslash yo‘li bilan ifodalash mumkin. 
Ijtimoiy samaradorlik shaxsiy, jamoaviy va ijtimoiy manfaatlarning birligi 
bilan ta’minlanadi hamda quyidagi tavsiflar: ijtimoiy faollik darajasi, ijtimoiy-
psixologik iqlim, rasmiy va normasmiy tuzilmalarning o‘zaro nisbati, kadrlar 
malakasi darajasi, mehnat sharoitlari va h.k. yordamida aniqlanadi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida boshqaruv tizimlarini tadqiq etishdan olingan 
samarani aniqlash katta ahamiyatga ega. Samaradorlik turlari jadvalda keltirilgan 
(1-jadval). 
1-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin