O'quv, mehnat yoki sport sohalarida o'zaro ta'sirni baholash va o'lchashda juda qimmatli vosita
Kishining guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o‘rni haqida xulosa qilish imkoniyati mavjudligi
guruh a’zolari o‘rtasidagi simpatiya yoki antipatiyani aniqlash mumkin
Berilgan savollar Kuchli va kuchsiz ko‘rsatkichlar farqlash
Maktabgacha ta’limda ilk yosh va kichik guruhlarda qo’llash yaxshi natija bermaydi
mavjud munosabatlar strukturasining sabablarini aniqlash imkonini bermaydi
olingan ma’lumotlar kuzatish, suhbat, psixologik- pedagogik eksperiment natijalari bilan to‘ldirilishi lozimligi
Shaxsning shakllanishida “ Ijtimoiy muhitning o’rni” Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan sotsiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida tabiiy fanlar jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi, o‘sha paytda hammaning diqqat - e’tibori mo‘jizakor tajribaga qaratilgan edi. Bu hodisa inson shaxsining tarkib topishi masalasiga ham ta’sir qilmay qolmadi.
Sotsiogenetik konsepsiya namoyandalari insonning butun taraqqiyoti, shu jumladan, shaxsiy xususiyatlarning tarkib topishi, asosan, tajribaga bog‘liqdir. Bu nazariyada shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish usullari, atrofidagi odamlar bilan o‘zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Bu ta’limotga ko‘ra inson biologik tur sifatida tug‘ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi.
Chunonchi, angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini