Podshoh: Aytganlaringni bajo keltiraman.
Tarbiyachi: Podshoh unga aytgan kitoblarini keltirib. Ibn Sino o`zini kutubxonasini tashkil qilibdi va barcha kitoblarni o`qib yod olibdi.
Bolajonlar qaranglar bobomiz qanchalik bilimli, izlanuvchan, ilmga chanqoq, kitoblarga mehr qo`ygan ekan. Qani bolalar bizlar ham kitob o`qiymizmi?
Bolalar: Ha
Mana bolajonlar mashhur tabib, buyuk alloma Ibn Sino bobomiz haqida bilib oldik. Endi biz ham o`zimizni namunali xulqimiz, Izlanuvchanligimiz va bilimli bo`lishimiz orqali buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo`lishimiz kerak.
63-Mavzu: “Men, sen, u, ular bitta oila”
Rivojlanish soxalari bo`yicha maqsadlar. Jismoniy rivojlanish va sog`lom turmush tarzining shakllanishi, bolalarga o`rtoqlari bilan odob axloq qoidalari asosida o`zaro munosabatda bo`lishiga o`rgatish.
Ijtimoiy xissiy rivojlanish: O`rtoqlariga oilasiga nisbatan qiziish. Oila a’zolarining bilishi malakalari, nutqi va muloqot suratda ko`rgan narsalarni aytib berish. Kattalarning turli savollariga javob bera olish. Bilish jarayonini rivojlanish predmetlarini nomlash va bilish jonli va jonsiz narsalarga qiziqish.
Katta va kichkina farqlash. Ijodiy rivojlanish. O`zlarini kiyimlari, o`yinchoqlarini, ranglarini faqrlash.
Rivojlanish markazlari. Talim-tarbiya faoliyati
Resurslari: ilovalar erkin faoliyat syujetli roli o`yinlar va drammalashtirish.
Syujetli roli o`yin “Mehmon-mehmon o`yini” uchun jixozlar. Nutq va til, “Men, u, ular, bitta oila” ona-dada, buva, bobo, aka, uka, opa-singil.
Dasturlar mavzusidagi suratlar, ilm fan va tabiat, slaydlar, san’at markazi o`yinchoqlari va xakozo oila mavzusi haqida kartochkalardan foydalaniladi.
Rasm: choynak va payola, loy ishi, do`stigma sovg`a. Matematik shakllardan foydalanish. Umumiy guruh bo`lib ishlash. Aprel oyining haftasi.
Hafta mavzusi: “Men, sen, u, ular bitta oila” ilm fan va tabiat markazi “Men, sen, u, ular bitta oila”
Maqsad: Bolalarga atrof olam va oila a’zolari haqida o`zi va o`rtoqlari haqida ma’lumotlarni bilish. Insoniylik ruhida tarbiyalash, oilani nutqida tariflab berishga o`rgatish. She’rlar orqali bir-biriga bo`lgan mehrini uyg`otish.
Dostları ilə paylaş: |