Tarbiyachi mashq: Barmoqlar yordamida “Oila” mashqi
Tarbiyachi: Bosh barmog`im dadam,
Bolalar: Ko`rsatkich barmog`im onam
O`rta barmog`im akam
Kichik barmog`im opam
Jimjilog`im men, bu mening oilam
Tarbiyachi:Bolajonlar biz onajonlarimizga doimo yordamchi bo`lishimiz kerak. Ular gapirganda “Labbay”, “Xo`p bo`ladi” deyish, ularga salom berishni kanda qilmaslik, nasixatlariga quloq solishimiz, ular kelganda o`rnimizdan turib qarshi olishimiz kerakligini unutmaylik.
Tarbiyachi: Bolajonlar onalarimiz biz uchun eng aziz mexribon inson. Barchangiz onalaringizni sog`-omon bo`lishini istasangiz kerak to`g`rimi?
Bola: Ona hayot osmoni
Yorqin quyosh bo`lib charaqlar
Farzand uchun kerak bo`lsa u
Xatto cho`g`ni kaftida saqlar
Bormi bu dunyoda onadan aziz
Ona bilan har bir xonadon aziz
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar biron joyda borishda onajonlaringizdan beruxsat bormasligingiz, yolg`on so`zlamasligingiz lozimdir. Biror joyga ruxsatsiz ketsak onajonlarimiz havotirga tushadi, bizni qidiradi, onalarning yuragi bezovtalanadi. Shuning uchun ham ulardan biron joyga boorish uchun ruxsat so`rab boorish kerak.
Hozir men sizlarga Salimjon degan bolaning onasiga qanday yolg`on so`zlaganligi haqida videorolikni ko`rsatib beraman.
1. Bolajonlar Salimjon to`g`ri ish qildimi?
2. Onasiga nima deb yolg`on gapirdi?
3. Salimjon nimka uchun yolg`on gapirdi?
4. Onasi Salimjonni yolg`on so`zlaganini qanday bilib qoldi?
5. Onasi nima uchun Salimjonga siniq xo`rozqand berdi?
6. Agar sizlar salimjonning o`rnida bo`lganizda nima qilgan bo`lardingiz?
Mana bolajonlar onalarimizga yolg`on so`zlashish bizni doim uyaltirib qo`yadi. Biz odobli va tog`ri so`z bo`lsak ota-onamizga doim rahmat olib kelamiz.