Sexrgar momo: Men sizlarni hammangizni baxorgi gullardan beraman, siz menga baxordagi tabiat hodisalarini aytishingiz kerak bo`ladi.
Bolalar: Biz tayyormiz
Shamol,yomg`ir, do`l, chaqmoq,momaqaldiroq, sariq qor, quyoshbobo,
Sexrgar momo: Barakalla bolalar sizlar juda bilimdon ekansiz.
Tarbiyachi: sexrgar momo shartingizni bolalar bajardimi, endi guruhga qaytsak.
Sexrgar momo: Bolalar bizning o`lkamizda dalalar, bog`lar bilan birgalikda yana nimalar ko`p.
Bolalar:Tog`lar, adirlar, yaylovlar.
Sexrgar momo:Baxorda ular qanday o`zgaradi.
Bolalar: yerdagi qorlar erib, o`t-o`lanlar, lolalar yerdan chiqadilar va juda ham chiroyli bo`ladilar.
Sexrgar momo:Juda ham yaxshi, deb yana tog`lardan oqayotgan suvlar, gullarga burkangan qir adirlar aks ettirilgan video rolikni qo`yib beradi va bolalarni guruhga yetkazib qo`yadi.
Tarbiyachi:Bolalar mana sayoxatimiz juda ham maroqli o`tdi. Sayoxat ta’surotlarini o`rtoqlaringizga aytib berasiz. Endi charchoqlaringizni yozish uchun bir o`yin o`ynaymiz.
Boxor tomchilari.
Mazmuni: Bolalar 2 guruhga bo`linadilar, 1-guruh tomchilar, 2-guruh maysalar
Maysalar yerda o`tiradilar, tomchilar ko`zlarini yumib borib maysalarni ushlab oladi. Kim maysani ushlay olmasa o`yindan chetlatiladi. Ushlagan tomchilar o`yini davom etiradi. O`yin so`ngida yaxshi ishtirok etganlar rag`batlantiriladi.
San’at faoliyat markaziga o`tib bolalar ihtiyoriy bahoriy ko`rinish va tomchi aks etgan rasmlarni chizashadi va ko`rgazma tashkil qilinib faoliyat yakunlanadi.
49-Mavzu:O`yinchoqlar haqida suhbat
Maqsad: O`yinchoqlar haqida tarbiyalanuvchilarga tushuncha berish. Qadimgi va xozrigi o`yinchoqlarni ixtirochilari haqida bolalarni bilimini shakllantirish.
Bolalarda o`yinchoq va uning ixtirochilariga va xavas uyg`otish ularni qolgan me’rosini asrab avaylashga o`rgatish.
O`yinchoqlarning nomini. Ularning rangi va kattaligini to`g`ri aytishga o`rgatish.