36-Mavzu: Askarlar so`ziga tushuncha top
Maqsad: Tarbiyalanuvchilardan Vatan tuyg`usini shakllantirish, 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni ekanligi va bolalar qalbida milliy armiyaga nisbatan muhabbat, Vatanni himoya qilish har bir yigitning burchi ekanligi va askarlar, Vatan posbonlariga bo`lgan mehrini uyg`otish, ularni havas va hurmat qilishga o`rgatish.
Kerakli jixoz va materiallar: “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” mavzusidagi rasim.
Fan va tabiat faoliyatning borishi:
Tarbiyachi:
- Bolalar 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni. Vatan himoyachilari bu – bizning askar yigitlarimiz, sizning akalaringiz bo`ladilar. Siz esa ularning o`rinbosarlari bo`lasiz, chunki tez kunda ulg`ayib, Vatanimiz posbonlariga aylanasiz. Askar yigitlar Vatanimizni dushmanlardan himoya qiladilar va chegaralarimizni qo`riqlaydilar. Ular yurtimiz tinch bo`lishi uchun kecha-yu kunduz sergak turadilar. Men sizlarga askarlarimiz haqida she’r o`qib beraman.
Dostları ilə paylaş: |