Yurt qalqonlari
Dilshod rajabi
O`zbekiston – hur Vatan
Baxtimiz ayvonidir
Armiyamiz mustahkam
Ona yurt qalqonidir
Harbiy xizmat faxrimiz
Bu-mardlar maydonidir
Jasur askar akalar
Ona yurt qalqonidir
She’rim sizlarga yoqdimi? Kelinglar, hozir sizlar bilan “Askar so`ziga tushuncha top” o`yinini o`ynaymiz. Men sizlarga savollar beraman. Qani kim aytadi. Yurtimizni kimlar qo`riqlaydi?
Bolalar: Askarlarimiz
Tarbiyachi: - Askar qanday bo`lishi kerak
Bolalar:
-Askar - qo`rqmas.
Askar – botir
Askar – baquvvat
Askar – jasur
Askar – chaqqon, epchil.
Askar – o`z Vatanini sevishi kerak
Askar – harbiy bilimga ega bo`lishi kerak
Askar – harbiy texnika va qurollardan foydalana olishi kerak
Tarbiyachi: - Harbiy bilim – mahorat, askarlar haqida qanday hikmatlar bor?
1-bola: - Askari baquvvat mamlakat boy bo`ladi
2- bola: - Askarning intizomi – armiyaning tayanchi
3-bola: - Mashqda qiyin bo`lsa, jangda oson bo`lmaydi
4-bola: - Har bir askar – tinchlik posboni
Tarbiyachi: - Askarlar qanday texnikalardan foydalanadi?
Bolalar: - Raketa, samalyot, vertalyot, tank, yuk mashinalari.
Tarbiyachi: - Harbiy unvonlardan qaysilarini bilasiz?
Bolalar: -Oddiy askar, serjant,starshina,leytenant, kapitan, general, mayor, podpolkovnik, polkovnik
Dostları ilə paylaş: |