Go`zaloy: - Ustoz mening dadamlar ham o`z bog`larida turli xil uzum navlarini yetishtiradilar.
Tarbiyachi: -Barakalla Go`zaloy, Kamoliddin ota, Olimjon ota kabi bog`bonlarimizni faqat Uzumzor ko`chasi emas, balki Andijonda ham juda yaxshi taniydilar. Aziz bolajonlar, biz o`z ko`chamiz bilan qanchalik faxrlansek arziydi.
Bolajonlar: -Vatan so`zining ma’nosini bilasizlarmi
Javoxir: - Men onajon Vatan arabcha so`z bo`lib, tug`ilgan joy degan ma’noni bildiradi.
Tarbiyachi: Kim Vatan haqida she’r aytib beradi.
Muhammadaziz
Vatanim onamdek, munis makonim
Andozam olingan payvandi jonim
Ona tilim, ota tarixim shonim
Vatanim – g`ururim sha’nim, iymonim
Kelajagi buyuk hur O`zbekistonim!
Shu payt eshik ochilib guruhga sexrgar momo kirib keladi.
Tarbiyachi: - Assalomu alaykum buvijon hush kelibsiz
Sexrgar momo: Va alaykum assalom xushvaqt bo`linglar. Sizlarning suhbatingizni eshitib, bu bilimdon bolalar yana nimalarni bilar ekan deya kelaverdim.
Tarbiyachi: -Juda soz, qani davramiz to`riga marhamat qiling buvijon. Biz sizga go`zal va navqiron viloyatimiz Andijon haqida gapirib beramiz.
Qani Nigoraxon Andijon haqida she’r aytib bering.
Nigoraxon:
- Tuprog`ingda unib, kaftingda o`sdim
Oftobim erkalab taftingda o`sdim
Ildizin joningga, qoningga tutash.
Sening shon shavkating shaxdingda o`sdim
Otamga o`xshaysan jonim Andijon
Onamga o`xshaysan jonim Andijon
Tarbiyachi: Barakalla Nigoraxon
Aziz bolajonlar tobora gullab yashnayotgan go`zal Andijonimizga hech qachon ko`z tegmasin. Buyuk sarkarda, shoh va shoir bobomiz bir umr ko`rmoq ilinjida yashagan Boburning yurtidir bu. Bu zaminda buyuk, insonlar, olimlar-u, hofizlar, shoirlar, qo`yingki buyuk Vatanimizni dunyoga bo`y cho`zilishiga hissa qo`shgan olim-u fuzalolar yetishib chiqqan viloyat hisoblanadi. Biz ularning davomchisi sifatida ularning boy madaniyati, san’at va ular qoldirib ketgan ma’naviy boyliklarini avaylab asrashimiz kerak.
Muhtaram Prezidentimiz 2018-yil 19-20 may kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi davomida ular Andijon haqida shunday fikrlarini bildirgan edilar.
- Andijonning o`zini o`rni bor, bizning davlatimizda Andijonning o`zini yo`nalishi bir, bizning davlatimizda. Mening eng katta maqsadim Andijon har safargidek yuqori va birinchi o`rinlarda bo`lishi kerak , hamma soha bo`yicha.
- Andijonliklar bunga javoban o`z mehnati, bilimi salohiyati, intilishi bilan “labbay” deb javob beradilar.
Sexrgar momo: - Barakalla qizim, bu suhbatdan so`ng mening sizlarga yana havasim ortdi. Viloyatingizda bundanda yuksaklarga ko`tarilishiga ishonaman.
Tarbiyachi: - Onamdek ardoqli, azizsan Vatan
Sen menga qadrdon tug`ilgan makon
Men seni avaylab asrayman har chog`
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog`
Bolalar charchab qolmadinglarmi. Bo`lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.
Tarbiyachi:
Oyog`imiz taq-taq-taq
Qo`limiz chapak-chapak
Boshimiz sarak-sarak
Qo`limizni ko`tardik
Sekin yonga uzatdik
Endi ehtiyot bo`lib
Joyimizda aylandik
Qo`lni pastka tushurdik
Doira bo`ylab yugurdik
Joyimizga o`tirdik
Bolajonlar, mana charchoqlarimizni ham oldik. Qani endi suhbatimizni yana davom ettirsak. Kim menga Vatan mavzusida maqollar aytib beradi.
Dostları ilə paylaş: |