To`grimi bolajonlar?
Bolalar javobi: To`gri
Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar sizlarga non haqida bir rivoyatni aytib beraman.
Hirot sultoni Husayn Bayqaro: “Dunyodagi eng yaxshi xidni keltiring!”-deb qolibdi. Unga quchoq-quchoq gul keltirishibdi. Sulton: “Yo`q”, - debdi.Qalampirmunchoqni roboro qilishibdi, rad etibdi, Yer yuzidagi jamiki hushbo`y xidli narsalarni muhayyo qilishibdi. Sulton bo`lsa: “Men aytgan bu emas’, - deb turib olibdi. Keyin: uch kun muhlat ichida topsalaring toplaring bo`lmasa hammangni jazoga tortiraman debdi.
Vazirlar nima qilishini bilolmay o`ylayverib boshlari qotibdi. Husayn Bayqaro istagan xidni topisha olmay, oxiri Navoiyning oldiga borishibdi. Sultonimiz aytgan xidni topib, bizni halokatdan saqlab qoling – deyishibdi.
Do`stining ko`ngli qanday xidni istaganini bilolmay, Navoiyning ham boshi qotibdi. Dehqon bobodan so`ragan ekan u:
- Yangi yopilgan nondan olib boringlar-chi, otam raxmatli, dunyoda eng lazzatli va yoqimli xid qayroqi bug`doy unidan yopilgan tandir non, hech qaysi xid unga yetolmaydi, deguvchi edilar, - deb maslahat berdi.
Navoiy hursand bo`lib, dehqon aytganini qilib, bir savat non yoptiribdi-da, saroyga etib boribdi. Bir zumda saroyga ajib yoqimli xid tarqab, barchaning dilini yashnatib yuboribdi.
- Rahmat do`stim, - debdi Husayn Bayqaro nonlarni ko`rib, ko`nglim yangi yopilgan non isini qumsayotgan edi, topib kelibsiz. Dunyoda yangi yopilgan nonning isidan ko`ra yoqimliroq xid yoq …
- Sultonim rahmatni menga emas, dehqon boboga ayting, ko`nglingizni hohishini shu kishi topdi, deb javob beribdi Navoiy
Husayn Bayqaro dehqonga bosh-oyoq sarpo berishini buyuribdi.
Dostları ilə paylaş: |