Tarbiyachi: (Faoliyatyakunida bolalar rag`batlantiriladi) va tarbiyachi mashg`ulotni tez aytish bilan yakunlaydi.
Nonvoy, nonvoy, non yopar,
Nonni novvot deb sotar.
13- Mavzu: “Nonvoy mehnati bilan tanishtirish” Faoliyatmaqsadi: Bolalarni nonvoy mehnati bilan tanishtirish va nonvoylar nima ishlar qilishi haqida suhbat olib boramiz.
Kerakli jixozlar:nonlar va nonvoy rasmlari, tandir rasmi, non uchun hamir, o`yin markazi.
Markazlar: Milliy burchak, bolalar kutubxonasi markazi
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar sizlar bilan bugun nonvoyxonaga sayohat qilamiz. Nonvoyxonada nonvoylar nima ishlar qilishini birgalikda kuzatamiz
Tarbiyachi: Bolajonlar hamirni nonvoylar undan qoradilarv un bug`doydan bo`ladi, bug`doyni dehqonlar dalalarda yetishtiradilar. Ekilgan bug`doylar o`z vaqtida sug`oriladi, began o`tlardan tozalanadi, so`ng unib chiqib yetilib, bug`doylar boshoq olib bug`doy bo`lib yetiladi.