Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: bolalar sizlarga topishmoqlar aytaman. Qani topingchi? Chorrahada uch chiroq, xizmat qilar hammaga. Bir-bir yonib, bir o`char, ish qolmas muammoga.
Bolalar javobi: svetafor
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar bugun sizlar bilan yo`l harakati qoidalari, chorrahadagi svetafor haqida suhbatlashamiz. (bolalarning mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash uchun tarbiyachi savol-javoblar o`tkazadi).
Tarbiyachi: 1. Ko`cha yo`l harakati qoidalarini bilasizmi? 2. Katta asphalt yo`llarda nimalar yuradi? 3. Yo`l harakati qoidalarini kim tartibga soladi? 4. Svetaforning nechta chirog`i bor?