Tarbiyachi: Barakalla bolalar svetaforning uchta chirog`i bor. Bolajonlar svetaforning qizil chirog`i yonsa yo`l berilib, yo`lovchilar harakatlanadilar. Svetaforni sariq chirog`i yonsa bir oz haydovchilar, yo`lovchilar to`xtaydilar. Yashil chiroq yonsa mashinalar o`tadi. Nazoratchi ko`cha harakatini tartibga soladi. Insonlar tomonidan ko`chada yurish tartibi buzilish holati ro`y bersa, nazoratchi insonlarni to`xtatib, ularga ko`chada yurish tartibini tushuntiradi. Bolajonlar eshik taqillayapti? Qani kim u? (guruhga nazoratchi tashrif buyuradi, bolalar bilan salomlashadi, savol-javob o`tklazadi. So`ng ko`chada yurishda nimalarga rioya etilishlari tushuntiriladi. 1- ko`chada faqat yo`lakdan yuring. 2- to`xtab turgan avtomobil orqasidan o`ting. 3- chorrahadan, ko`chaning narigi yuzasiga piyodalar yo`lakchasidan o`ting deb bolalar bilan hayrlashib ketadi).
Tarbiyachi:Bolalar hammamiz tushunib oldik-a, ko`cha qoidalari buzilsa qanday noxush voqealar yuz berishi mumkunligini? Bolalar javob berishadi.
Tarbiyachi: Bolalar javoblarini umumlashtirib, “Davlat avtomobil nazoratchisi”o`yinini o`ynashni taklif etadi. O`yinning borishi: O`yin maktabgacha ta’lim muassasalari hovlisidagi yo`l harakati chizilgan maydonda o`tkaziladi. Bolalardan biri nazoratchi etib tayinlanadi. O`yin jarayoniga tarbiyachi rahbarlik qiladi. (masalan: Diqqat, diqqat! Qizil chiroq yoqiladi, yengil avtomobillar harakatdan to`xtaydi, yo`lovchilar harakat qiladilar. Svetaforda yashil chiroq yonyabdi, demak avtomobillar harakat qiladilar. Shu tariqa avtomobillar, yo`lovchilar harakati qatiy tartibda nazoratga olinadi). Tarbiyachi: Mana bolalar sizlar bilan yo`l harakati haqida ko`proq narsalar bilib oldik. Endi sizlar bilan qo`g`irchoq teatriga sayohat qilamiz. Qani bolalar ketdik. Barchamiz yo`l harakati qoidalariga amal qilamiz-mi.