Bola: Qishin, yozin bir xil kiyimda (archa)
Tarbiyachi: Rahmat bolajonlar! Judayam chiroyli she’rlar bilar ekansizlar! Bolalar men sizlarga topishmoqlar aytaman kim topsa ularga sovg`alar beraman. Diqqat bilan tinglang!
Tarbiyachi: Qo`lsiz oyoqsiz gul soladi
Bola; Ayoz bobo
O`tda yonmaydi suvda cho`kmaydi (muz)
Kim u sizlarga mehmonga kelgan shunday chiroyli go`zal
Tepasida yulduzcha yonar, shohlarida qorlar yaltirar
Pastdan yuqorigacha har xil o`yinchoqlar ancha
Bu nima bolajonlar? (Archa)
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar, bilan birgalikda har xil o`lchamdagi shakllardan qor odam yasaymiz. Buning uchun bizga (Oq qog`oz, qaychi, kley, qalam, rangli qog`ozlar) kerak bo`ladi. Qani bolajonlar oldimizdagi oq qog`ozlarga qalam yordamida har xil o`lchamdagi doira shakllarini chizib olamiz. Endi qaychini olib doiralarimizni qirqib olamiz. So`ng stol ustidagi rangli qog`ozlarimizni ko`k rangini olib unga katta kichik doiralarni ketma-ketlikda kley bilan yopishtirib olamiz. Barakalla qaranglar qor odam shakli hosil bo`ldi endi qog`ozlarimizni qor odamimizni havorangdan ko`zlarini, olovrangdan burnini, qizil rangdan og`zini, kulrangdan boshidagi qirqib olamiz. Qirqib olgan shallarimizni ketma-ketlikda yopishtiramiz. Bolajonlar har bir guruh o`zlari yasagan qor odamlarini qani yuqoriga ko`taringlarchi. Qarang qanday chiroyli qor odamchalar paydo bo`ldi. Endi bolajonlar hamma o`zining qor odamchalarini stol ustiga qo`yinglar. Raxmat bolajonlar endi sizlarni qarsaklar ostida bir-birimizni rag`batlantiramiz.
Dostları ilə paylaş: |