Kerakli jixozlar: Yasalgan daraxtlar, bo`ri, tulki, quyon, ayiq, olmaxon, qorbobo va qorqiz kiyimlari. Savatchada yong`oqlar va rangli sharlar.
Syujetli-rolli o`yinlar va drammalashtirish markazi: Favoliyatning borishi:
Tarbiyachi: (bayramona kiyimda): Assalomu alaykum bolajonlar sizlarga qiziqarli ertak aytib beraman: Bir bor ekan, bir yo`q ekan, qadim qadim zamonda katta o`rmon tomonda ……….. musiqa ostida o`rmon daraxtlarini bolajonlar ko`tarib chiqishib, o`rmon shaklini hosil qiladi.
Tarbiyachi:O`rmon juda katta ekan. Unda ko`p hayvonlar, qushlar bo`lgan ekan. Bulardan bo`ri, tulki, quyon, ayiq, olmaxon bo`lgan ekan.
Bolalar: Mana shu ertak qaxramonlari kiyimida saxnadagi o`rmonga musiqalar ostida kirib keladilar. Bu qahramonlardan olmaxonlar savatchada yong`oq olib keladilar.
Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga olmaxonlar yong`oq olib kelibdi. Musiqa ostida olmaxonlar bolajonlarga yong`oqlarni tarqatadilar. Bolalar hursand bo`lishadi. Qolgan bolalar ikki guruhga bo`lindi.