Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Salomat bo`lishimiz uchun nima qilishimiz kerak? Tana va kiyimlarni toza tutilishi-salomatlik garovi. Tanamizni toza bo`lishi uchun nimalar kerak? (sochiq, sovun, qaychi, tish yuvish vositasi)
Bolalardan qanday qilib tishni tozalashni, sovun bilan qo`llarni yuvishni, sochni tarab yurishni, dastro`mol bilan artishni ko`rsatib berishni bolalardan so`rash, bolalarni javoblarini to`ldirish.
So`ngra bolalarga toza bo`lib yurmasalar, gigiena qoidalariga rioya qilmasalar bolalarda turli xil yuqumli kasalliklar bo`lishi mumkunligi haqida aytib, gapirib, sariq, sil kasalliklari to`g`risida so`zlab berish.
Bolalarga bosh surati tasvirlangan suratni ko`rsatadi va bolalarga savollar bilan murojaat qiladi.
Tarbiyachi: Bolalar bu nimaga o`xshaydi. (yuzga)
Bu yuz ekanligini qayerdan bildingiz?
Unda nimalar tasvirlangan (sochlar)
Siz ularni nima uchun kerakligini bilasizmi?
(Ko`rish, hid bilish, eshtish uchun)
Bolalar bosh va ko`z qismlarini ko`rsatib bering.
Nimalarni ko`ryabsiz? Ko`zimiz bilan (ko`z rasmi chiziladi)
Nima bilan eshtamiz? (quloq rasmi eshtiladi)
Nima yordamida gapiramiz, ovqatlanamiz? (og`iz va lablar)
Nima bilan hidlarni hidlaymiz, sezamiz (burun)
Nima uchun ter ko`zlarimizga tushmaydi? (qoshlar bor)
Bolalar mana yuzimizni kiyintirib oldik. Biz sizlar bilan sexrgarlarmiz. Siz endi odam organizmi, salomatligi va gigienasi haqida bilib oldingiz.
Dostları ilə paylaş: |