Tetiklashtiruvchi mashq: Tish yuvish harakatini bajaramiz. Faraz qilamiz o`limizda tish yuvish cho`tkasi bor. Chotkani erinmay pastga tepaga qarab yurgizamiz. Oldin o`ng tomondagi tishlarni so`ng chapdagi tishlarni yuvamiz. Tishlarning orqa tomonini ham tozalaymiz. Bolajonlar endi ushbu she’rni eshting.
Tishlar qo`shig`i:
O`ttiz ikki o`rtoqmiz Askarlarday saf tortib
Durdonamiz oppoqmiz Saqlaymiz odob tartib
Past-u baland joylashib Xizmatdamiz sog`liqqa
Biz tishlarmiz- tishlarmiz Sidqidildan chog`likka
Bizlar o`tkir ishchimiz Uchratganmiz ba’zini
O`z ishiga izchilmiz Yuvmas tish-u og`zini
Aytaylik shartimizdan Toza tutsa egamiz
Asranglar sovuq muzdan Dildan xizmat etamiz
Birgalikda ishlarmiz Biz tishlarmiz tishlarmiz
Tishlarmiz ishlarmiz Birgalikda ishlarmiz
- Aziz bolajonlar she’r nima haqida ekan?
(Bolalar javobi)
Tarbiyachi: Mashg`ulotni yakunida barcha bolalar rag`batlantiriladi.
29- Mavzu: “Mening paltocham” Shaxsiy hayotdan suxbat mashg`uloti
Maqsad: Bolajonlar bilan kiyimlar haqida suhbat uyushtirish, qishki kiyimlarning ham har xil turlari borligini mavsumga moslab kiyinish ham bir san’at ekanini tushuntirish ozoda va husbichim kiyinishga o`rgatish.
Dostları ilə paylaş: |