14.3. Tish kesish stanoklarining tasnifi
Obkatka usuli bo'yicha tish kesish jarayoni quyidagi stanoklarda amalga oshirilib, ular quyidagicha tasniflanadi:
a) qo 'llanishi bo 'yicha—silindrik gildiraklarda to'g'ri va vintsimon
tishlarni, chervyak va shevron g'ildiraklarda tishlarni, konussimon
gildiraklarda to'g'ri va doiraviy tishlarni, reykalarda tishlarni kesish va
maxsus stanokJari.
b) ish prinsipi va qo 'llaniladigan asbob turi bo 'yicha:
-tish frezalash;
-tish o'yish; -tish randalash;
-tish kesish (keskichli kallak yordamida);
-tish sidirish;
-tish dumaloqlash;
-tishlarni jilvirlash;
-shevinglash;
-tishlarni xoninglash;
-tishlarni pritirka qilish;
d) ishlov berish aniqligi bo'yicha—-xomaki tish kesish, tozalab ishlov berish va tish ishchi yuzalarini maromiga yetkazish (dovodka qilish) stanoklari.
14.4. Tish frezalash stanoklari
Tish frezalash stanoklari yuqori ish unumdorligi va ishlov berish aniqligi tufayli eng ko'p tarqalganligi bilan ajralib turadi. Ishlov o'tayotgan zagotovka o'qining joylashuvi bo'yicha tish frezalash Stanoklari gorizontal va vertikal turlarga bo'linadi. Gorizontal tish frezalash stanoklari silindrik tishli g'ildiraklar, shlitsli vallar, "val-shes-ternya" tipidagi detallarga ishlov berishda foydalaniladi. Vertikal stanoklar gorizontal stanoklarga qaraganda ko'proq uchraydi va ular ikki ko'rinishda ishlab chiqariladi: stoli radial yo'nalishda suriladigan va frezalash supporti radial yo'nalishda suriladigan stanoklar. Ba'zi tish frezalash stanoklarida freza o'z o'qi bo'yicha surilishga ega bo'ladi.
53A50 modelli tish frezalash yarim avtomati (14.1-rasm) za-monaviy tish frezalash stanoklaridan bo'lib, tashqi ilashadigan silindrik g'ildiraklarda to'g'ri va vintsimonjoylashgan tishlarni hamda cher-vyakg'ildiraklarda tishlarni kesish uchun mo'ljallangandir. Bu stanok yuqori aniqlik sinfiga mansub bo'lib, modulli chervyak frezalari bilan obkatka usuli bo'yicha ishlaydi. Uning texnik tavsifi quyidagicha:
Kesuvchi asbob—freza frezalash supportiga o'rnatiladi va bosh ay-lanma harakati oladi. Zagotovka opravkaga o'rnatiladi va unga bir necha xil surish harakatlari uzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |