Metall kesuvchi stanoklarning umumiy tasnifi bo'yicha zago-tovkalarda tishlar va rezbalarni tayyorlash uchun xizmat qiladigan stanoklar beshinchi guruhga kiritilgan



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə9/11
tarix01.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#92391
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13-станоклар турлари

Rezba jilvirlash stanoklari

Boshqa stanoklarda qirqib tayyorlangan yuqori aniqlikka ega bo'lgan rezbalarga tozalab (pardozlab) ishlov berish maqsadida rezbajilvirlash stanoklaridan foydalaniladi.

Rezbaning qadami 2 mm dan ortiq bo'lmagan hollarda uni jil­virlash oldindan ishlov o'tmasdan bajarilishi mumkin. Rezbani jil­virlash qiyin ishlanuvchan qotishmalardan tayyorlangan hamda ter-mik ishlov o'tgan detallarda bajarilishi mumkin. Bunda rezbaning aniqligi ГОСТ 3675-81 bo'yicha 4-darajagacha yetadi.

Metchik, rezbali kalibr, aniq vintlar, rezba frezalari, chervyak va shunga o'xshash asbob va detallardagi rezbalarjilvirIanadi.

Rezbalarnijilvirlashda kesuvchi asbob sifatida kesimi rezba profiliga mos bo'lgan jilvirlash doiralari olinadi. Doiralar bir va ko'p yo'lli, yo'llari vintsimon yoki halqasimon ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Bir yo'lli jilvirlash doirasi bilan jilvirlash rezbaning yuqori aniqlikka ega bo'lishini ta'minlasa, ko'p yo'lli doiralar ish unumdorligining 15-20% ga yuqori bo'lishi, ammo aniqlikning pastroq boiishi bilan ajralib turadilar.

Eng ko'p bir yo'lli jilvirlash doiralari bilan ishlaydigan stanoklar va halqasimon ariqchalari bo'lgan ko'p yo'lli jilvirlash doiralari bilan ishlaydigan rezbajilvirlash stanoklari uchraydi.

5K822B modelli universal rezbajilvirlash stanogi yuqori aniqlikka ega, tashqi va ichki, silindrik va konussimon, o'ng va chap, bir va ko'p kirimli turli profildagi rezbalarnijilvirlash uchun mo'ljallangan. Bu stanokda tish va rezba kesish asboblari, shakldor frezalar, yassi rezba nakatka qilish plashkalari, tishli reykalar, kalta silindrik shakl­dor yuzalar, shuningdek yassi shakldor yuzalarni jilvirlash mumkin.

Zagotovka o'rnatilgan shpindel o'zgarmas tokda ishlaydigan Melektr dvigatelidan harakat oladi.

Shpidelgacha bo'lgan uzatmalarning oxirgi elementi sifatida lyuft-ni kompensatsiya qilish mexanizmi mavjud bo'lib, u shpindelning



aylanishi va stol surilishining bir vaqtda boshlanishini ta'minlaydi. Bu esa rezbani ikki tomondanjilvirlashdajuda muhimdir. Shpindeldan qad-am gitarasi orqali harakat yurgizish vintiga uzatiladi. Vint gayka bilan bog'lanib, mahsulot bilan birga stolga bo'ylama surishni uzatadi.

Jilvirlash doirasi alohida elektr dvigatel M2 dan almashinuvchi shkiv-larga ega boigan tasmali uzatma orqali aylanma harakat oladi. Jilvirlash doirasi o'rnatilishdan avval balansirovka qilingan bo'lishi lozim. Uning massa nomuvozanatligi 3...5 g • sm dan ortiq bo'lmasligi kerak.

Jilvirlash babkasi salazkalar va buriluvchi barabandan iborat.

Jilvirlash doirasi olmos donachalari, qalamlari yoki roliklar yor­damida to'g'rilanib o'tkirlanib turadi. To'g'rilash qurilmasi alohida elektr dvigateli M5 dan harakat oladi yoki qo'lda harakatlantiriladi. Stanokda rezbani jilvirlash bir va ko'p yo'lli doiralar yordamida bo'ylama jil­virlash usuli bo'yicha bajariladi. Ishlanayotgan detal old va orqa babkalar markazlariga o'rnatiladi. Rezbajilvirlash stanoklari (modellari 5820, 5821, 5K821B, 5K822B, 5822M, 5K823B vaboshqalar)dadiametri 125....320 mm gacha va uzunligi 190....950 mm gacha bo'lgan detallarning rezba yuzalari jilvirlanadi.


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin