Bosh harakat—keskichlarning ilgarilama-qaytar harakati. n =1000r/2 /, i.y./min
Bo'lish harakati—lyulka va kesilayotgan g'ildirakning o'zaro moslashgan aylanishidir.
Obkatka harakati—Ъи harakat lyulka-ishlab chiqarish g'ildiragi aylanishini kesilayotgan g'ildirak aylanishi bilan moslashtirib berishi zarur. Ishlab chiqarish g'ildiragi bir tishga (\/zn) burilganda kesilayotgan g'ildirak ham bir tishga (\/z) burilishi kerak.
Surish harakati stanokda shartli ravishda ishchi yurish vaqti (rr, s) bilan ifodalanadi. Sikl (ishchi va salt yurish) vaqti 8V72 s oralig'ida bo'lib, salt yurish vaqti 3^4,5 s ni tashkil etadi (14.1 l-rasm).
Stanokda reversiv mexanizm mavjud bo'lib, lyulkani ishchi yurish oxirida boshlang'ich holatga qaytaradi. Tish randalash keskichi vintlar bilan polzunga 1 tekisligi bo'yicha mahkamlanadi.
ГОСТ 5392-80 bo'yicha /w=0.3..10 mm uchun keskichning o'lchamlari:
Ishlov berish uchun qoldirilgan qo'yim yon kesuvchi qirra op (orqa burchagi 20°) va uchi no (yu=12°) Iar bilan kesilib qirindiga aylantiriladi.
Doiraviy tishli konussimon g'ildirakiar tishlarini kesish uchun ko'p keskichli kallaklari bilan ishlaydigan stanoklar qo'llaniladi.
5С280П modeIli tish kesish yarim avtomati (14.13-rasm) doiraviy tishli konussimon g'ildiraklar tishlarini kesish uchun mo'ljallangan. Stanok yuqori aniqlikka ega, unda botirib kirish usuli bo'yicha xomaki va obkatka usuli bo'yicha tozalab ishlov berish mumkin. Kesuvchi as-bob—keskichli kallaklar. Kallak planshayba (lyulka)ga o'rnatilib (14.12-rasm), o'z o'qi atrofida, planshayba esa o'z o'qi atrofida aylanadi. Keskich kallagi bilan birga planshayba ishlab chiqarish g'ildiragini tashkil etadi. Endi keskichlar yo'lida zagotovkalarjoylashtirilib, unga ishlab chiqarish g'ildiragi aylanishi bilan moslashtirilgan aylanma harakat uzatilsa, zagotovkada 2 tish oraligi kesilib o'tadi. So'ngra zago-tovka keskichlardan uzoqlashtiriladi (aylanishi o'sha yo'nalishda davom etaveradi), planshayba keskich kallagi bilan birga teskari yo'nalishda aylanadi. Zagotovka bo'lish harakati oladi va bundan keyin sikI takror-
lanadi.
5С280П modelli stanokda tishlarining soni 5...150 va moduli 12 mm gacha bo'lgan tishli g'ildiraklarda tishlar qirqiladi.
Tish kesish kallagining aylanish chastotasi 20...125 mhr1
Bir tishni kesib ishlash vaqti 12...300 s .
gacha yuza tozaligini ta'minlaydi.
Stanokdagi mavjud bo'lan harakat turlari:
1) bosh qarakat-keskichlar kallagining o'z o'qi atrofida aylanishi
2) surish harakati—zagotovkaning keskichlarga qarab surilishi;
obkatka qarakati—ishlab chiqarish g'ildiragi bilan zagotovkaning o'zaro moslashtirilgan aylanishlari;
bo'lish harakati—zagotovkaning navbatdagi tishni kesish uchun burilishi.
14.7. Tish pardozlash stanoklari
Tishlarning aniq shakli va o'lchamlariga, shuningdek ularning ishchi yuzalari g'adir-budurliklarini kamaytirish maqsadida tishli g'ildiraklarning tishlarini qirqib bo'lgandan keyin pardozlab ishlov berish operatsiyalari o'tkaziladi. Bunda quyidagi tish pardozlash stanoklaridan foydalaniladi:
5D833 modelli tish jilvirlash yarim avtomati yuqori aniqlikka ega bo'lib, g'ildiraklardagi to'g'ri va vintsimon tishlarni obkatka usuli bo'yicha 1 va 2 kirimli chervyak doiralari yordamidajilvirdash uchun mo'ljallangan (14.14-rasm).
S tanok jilvirlovchi chervyakni o'tkirlab turish uchun maxsus to'g'rilash mexanizmiga ega. Stanokda quyidagi harakatlar mavjud.
Jilvirlovchi chervyak doirasining aylanma harakati.
Bo'lish harakati—zagotovkaning aylanma harakati.
Zagotovkaning vertikal surilishi (s=4....165 mm/min).
Radial surish jilvirlash doirasi babkasining zagotovka tomon supportning har ishchi yurishiga mos keladigan surilishidir. Bu harakat stanokda gidrosilindr-reyka uzatmasi-xrapovikli mexanizm-yurgi-zish vinti orqali amalga oshiriladi.
Tishlarnijilvirlash 4...7-aniqlik darajalarini ta'minlaydi. Jilvirlash-ning afzalligi istalgan qattiqlikka ega bo'lgan g'ildiraklarga ishlov berish mumkinligidir. Tishlarni jilvirlash kopirlash va obkatka usulIari bo'yichabajariladi. Kopirlash usulidajilvirlash doirasining ishchi profili tishlar orasidagi bo'shliq profilining nusxasidir (14.15-rasm, a). Obkatka usulidajilvirlashdajilvirlash doirasi tishli reyka profilini tak-rorlaydi hamda tishli reyka va g'ildirakning bir-biriga nisbatan dumalashi (obkatka) sodir bo'ladi. Kesuvchi asbob sifatida konus profiliga ega bo'lgan bitta doira (14.15-rasm, b) yoki ikkita tarelkasimon doiralar, shuningdek chervyak ko'rinishidagi abraziv doiralar xizmat qiladi.
G'ildiraklar tishlarini jilvirlash uchun qo'yim (propusk) bir to-monga 0,2...0,3 mm oralig'ida qoldiriladi va u 4...5 o'tish davomida olib tashlanadi. Oxirgi ikki o'tish (tozalab ishlov berish)da 0,01 ....0,015 mm qahnlikdagi qatlam kesiladi. Chuqurlikka qarab surish har o'tishga 0,04..0,05 mm ni tashkil etadi. Bir tishga ishlov berish 1...3 minutni tashkil etadi.
Shevinglash qattiqligi HRC<40 bo'lgan to'g'ri va vintsimon tishli silindrik hamda chervyak-g'ildiraklari uchun qo'llaniladi. Buriing nati-jasida 6...7-aniqlik darajalari va sirt tozaligi R=0,63...0,16 mkm ga yet-kaziladi. Kesuvchi asbob—disk ko'rinishidagi shever bo'lib, u g'ildirak shakliga ega va tishlarida ariqchalar ochilganki, hosil bo'lgan o'tkir qirralar metallni kesib o'tadi.
5В702ВФ2 modelli tish shevinglash yarim avtomati (14.16-rasm) tashqi ilashadigan to'g'ri va vintsimon tishli silindrik g'ildiraklarni, shuningdek bochkasimon tishlarni sheverlaydi. Shevinglash uchun tish-ning qalinligi bo'yicha 0,1...0,25 mm qo'yim qoldiriladi. Stanok dastur bo'yicha boshqariladi: kesish tezligi, bo'ylama va radial surishlar pult yordamida belgilanadi.
Tishlami xoninglash, pritirka qilish va obkatka qilish tishli g'ildi-raklarni termik ishlov (toblash)dan keyin o'tkaziladi.
40>
Dostları ilə paylaş: |