35
v) Doimiy qoilplar. Bunday qoliplar, asosan, cho‟yan va po‟latdan (bazan mis
va alyuminiy qotishmalaridan) tayyorlanadi.
Shuningdek, qoliplar unga metall quyishdagi holatiga ko‟ra nam va quruq
xillarga bo‟linadi:
Nam qoliplar. Bu qoliplardan foydalanish quyma olish siklini qisqartirib,
narxini arzonlashtiradi. Lekin qoilplar nam bo‟lgani tufayli
zich va puxtalikka ega
bo‟lmaydi.
Quruq qoliplar. Quritilgan qoliplar puxta bo‟lib, quymani g‟ovaklik va boshqa
nuqsonlardan xoli qiladi.
Qolip va stejinlarni tayyorlashda quyidagi materiallardan foydalaniladi:
Qolip qumi. Bu qum tog‟ jinsi bo‟lib, tarkibi tabiiy kvars,
gil va boshqa
birikmalar zarralari aralashmasidan iborat. Qumlar daryo, ko‟l, ariq va tog‟
qumlariga bo‟linadi. Qumlar tarkibiga ko‟ra kvarsli va gilli qumlarga ajratiladi.
Kvars qumi tarkibida gilli moddalar 2% gacha, gilli qumlarda esa gil miqdori 2%
dan 50% gacha bo‟ladi.
Qolip gili. Gilli moddalar 50% dan ortiq bo‟lib, suvda qorilganda qum
donalarini bolg‟alash xususiyatiga ega bo‟lgan o‟tga chidamli jins
qolip gili deb
ataladi.
Gilli moddalarning asosi plastik va qovushoq kaolinit (Al
2
O
3
2SiO
3
2H
2
O) bo‟lib,
undan
tashqari Fe
2
O
3
, CaCO
3
, MgCO
3
, K
2
CO
3
, Na
2
CO
3
moddalar ham bo‟ladi. Gil
tabiatda juda ko‟p tarqalgan arzon materialdir.
Maxsus qolip gillari (bentonitlar). Bular vulqon changlarining kimyoviy o‟zgarishi
natijasida hosil bo‟ladi. Ular suv bilan qorishtirilsa, juda yopishqoq plastik massaga
aylanadi. Ulardan nam va quruq qolip materialari tayyorlashda bog‟lovchi modda
sifatida foydalaniladi.
Qolip va sterjen materiallariga quyiladigan asosiy talablar: plastiklik, puxtalik, gaz
o‟tkazuvchanlik, o‟tga
chidamlilik, siqiluvchanlik, chidamlilik va tannarxning
arzonligi.
Dostları ilə paylaş: