50
III.3. “AQLIY HUJUM” METODI ASOSIDA “METALL QUYISH
USULLARI” MAVZUSINI O„QITISH BO„YICHA DARS ISHLANMASI.
“Aqliy hujum” metodi noan‟anaviy metodlardan biri bo„lib, u g„oyalarni
generatsiya
qilish usuli, ya‟ni o„quvchilar birlashgan holda qiyin muammoni
yechish uchun shaxsiy g„oyalarni ilgari suradilar va ularni umumlashtirib va tahlil
qilib aniq takliflar ishlab chiqadilar.
Kasb hunar kollejlarida “Metallar texnologiyasi” kursi o„qitiladi. “ Metall
quyish usullari ” mavzusini yangi o„qitish texnologiyasi bo„yicha loyihalayotganda
“aqliy hujum” metodidan foydalanishni keltiramiz.
O„quvchilarga metal
quyish usullarining mohiyati, hamdametal quyish
turlari to„g„risida batafsil tushuncha berilgandan keyin ularning oldiga mahalliy
shart – sharoitdan kelib chiqqan holda metal quyish usullarining
takomillashtirish
muammosi qo„yiladi va u darsning asosiy maqsadi qilib belgilanadi.
Shundan keyin o„quvchilarga metal quyish usullarining jarayonini
takomillashtirish bo„yicha g„oyalar taklif etish to„g„risida ko„rsatma beriladi.
O„quvchilarga berayotgan g„oyalarining aniq va tushunarli bo„lishiga hamda uni
real sharoitda qo„llash mumkinligini asoslash zarurligi tushuntiriladi.
O„quvchilarning taklif etgan g„oyalari qayd etib boriladi.
O„quvchilarning yuqorida taklif etgan va asoslab bergan g„oyalari
guruhlanadi va saralangandan keyin asosiy taklif sifatida tavsiya etiladi.
Mashg„ulot yakunida o„quvchilarning
faoliyati baholanadi, ilg„or g„oyalar
bilan chiqqan va uni amalga oshirish yo„llarini taklif etgan o„quvchilar alohida
ko„rsatib o„tiladi.
Huddi shunday usul bilan boshqa mavzularni ham loyihalash mumkin.