fransuz metallurglari Per va Emil Martenlar kashf etganlar. Sifatli po‟latning 80% i
shu usulda ishlab chiqarilmoqda. Marten jarayoni regeneratorlar bilan ta„minlangan
alangali pechlarda amalga oshiriladi. Issiqlik manbai - mazut yoki yonuvchi gazlar
ko‟ra Marten pechlari asosli (magnezit, xrommagnezit) va kislotali (dinas, kvars qumi,
yanchilgan kvarsit) turlarga bo‟linadi. Tarkibida oltingugurt va fosfor miqdori
26
ko‟proq bo‟lgan metall shixtani suyuqlantirib, sifatli po‟lat olish imkonini bergani
uchun asosli marten pechlari kengroq tarqalgan.
Pechga yuklanadigan materiallarning turiga qarab marten jarayoni skrap-
jarayon (shixta – 25...45% cho‟yan, qolgan qismi temir - tersak va boshqa
komponentlar) va skrap-rudaviy jarayonlarga (shixta - 60...70% suyuq cho‟yan,
qolgani skrap, temir va marganes rudalari) bo‟linadi. Skrap-rudaviy jarayon ko‟proq
qo‟llaniladi.
Marten pechi ishining texnik - iqtisodiy ko‟rsatkichlariga pech tubining 1m
2
yuzasidan bir kecha-kunduzda olingan po‟lat miqdori va 1t po‟lat olish uchun
sarflangan shartli yoqilg‟i miqdori kiradi. Pech tubining 1m
2
yuzasidan bir kecha-
kunduzda olinadigan po‟lat miqdori pechning hajmiga, mexanizatsiyalashtirilganlik
darajasiga va jarayonning turiga, 1t po‟lat olish uchun sarflangan shartli yoqilg‟i
miqdori esa yoqilg‟ining xiliga, olinadigan po‟lat naviga va jarayonning turiga bog‟liq
bo‟ladi. Masalan, skrap - rudaviy jarayonda 130 t sig‟imli pech tubining har 1m
2
yuzasidan 10 t chamasi po‟lat olinadi. Pechga kislorod bilan boyitilgan havo
haydalganda pechning ish unumi 15…20% ga oshadi. 1 t po‟lat olish uchun sarf
bo‟ladigan shartli yoqilg‟i miqdori skrap–rudaviy jarayonida 100...180 kg ni, skrap
jarayonda esa 170...250 kg ni tashkil etadi. Pechning sig‟imi qancha katta bo‟lsa, 1 t
po‟lat olish uchun sarflanadigan yoqilg‟i miqdori shuncha kam bo‟ladi.
Marten pechlarining unumdorligini oshirishning eng muhim omili yangi
progressiv texnologiyalarini joriy qilish, birinchi navbatda esa, sof kisloroddan
foydalanishdir.
Dostları ilə paylaş: