Kichik seriyadagi detallarni shtamp yordamida olish ancha qimmatga tushadi. Shuning uchun shtamplashni ba’zi usullarini qo‘llash mumkin.
Mexanik shtamplash;
Rezinada shtamplash krivoship shtamplash presslarida bajarilib, asosan rangli metal va qotishmalarini qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan, kam uglerodli po‘lat listlarni, metalmaslarni shtamplash mumkin. Bunda puanson yoki matritsa metaldan qilinib, ikkinchi qismi qattik rezinadan qilinadi.
Gidravlik shtamplashda zagotovka ajraluvchi matritsaga o‘rnatiladi va katta bosimda suyuqlik yoki gaz beriladi. Natijada zagotovka matritsani shaklini oladi.
Portlatish bilan shtamplash asosan qattiq qotishmalardan, yomon deformatsiyalanadigan materialdan olinadigan detallar shtamplanadi.
Portlatish bilan shtamplashning mohiyati quyidagicha zagotovka gaz yoki suyuqlikdan katta bosimda hosil bo‘lgan kuch hisobiga matritsa bo‘shlig‘i shaklini qabul qiladi. Zagotovka hosil bo‘lgan katta energiya hisobiga katta tezlik bilan deformatsiyalanadi.
Sharli, murakkab, katta buyumlarni shtamplashda, ularni shtamplash noqulay yoki shtamplarni o‘lchamlari juda katta bo‘ladi va olinadigan konstruksiya murakkab bo‘ladi. Bunday hollarda, buyum elementlari bo‘yicha shtamplab olinib, so‘ng bo‘laklari payvandlanadi. Eskizlardagi detallarni uchta sodda bo‘laklari shtamplab olinib, so‘ng payvandlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi.