Metallarga ishlov berish texnologiyasi


Shtamplash bilan olingan pokovkalarini yakunlovchi operatsiyalari



Yüklə 307,75 Kb.
səhifə16/18
tarix07.01.2024
ölçüsü307,75 Kb.
#208442
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Metallarga ishlov berish texnologiyasi

Shtamplash bilan olingan pokovkalarini yakunlovchi operatsiyalari. Zagotovkalarni shtamplash jarayonining yakunlovchi operatsiyalariga arayishlarni qirqish, teshiklarni ochish, pokovkalarni to‘g‘rilab tekislash, termik ishlash, tozalash ba’zida kalibrlash ham kiradi.
Ma’lumki, ochiq shtamplarda shtamplashda pokovka chetlarida arayish hosil bo‘ladi. Shtamplanadigan pokovkada esa teshik hosil qilib bo‘lmaydi va teshik o‘rtasida yupqa parda hosil bo‘ladi va ana shu pardani mashinalarda qirqib tushiriladi. Zagotovkalarni arayish va pardalarini qirqish krivoshipli qirqish shtamplarida bajarilib, bunday mashinalarda shtamp o‘rniga puansonlar va matritsa bo‘ladi. Puanson harakat qiladi, matritsa esa harakat qilmaydi.
Mayda va o‘rta pokovkalardagi arayishni va pardalarni qirqish uchun krivoship presslaridan va yirik pokovkalarni qirqish uchun gidravlik presslardan foydalaniladi. Krivoship qirqish presslari bir krivoshipli vertikal tipda bo‘lib, uning ikkita ustuni mavjud. Polzunni yurish sonni 40-6 1/min bo‘ladi.
Krivoship qirqish pressini ishi quyidagicha. Mufta qo‘shilganda, harakat ikkita tishli gildirak orqali ekssentrik valga uzatiladi. Ekssentrik valni oxirida ekssentrik bo‘lib, undan harakat shatun orqali polzunga beriladi va uni harakatga keltiradi. Asosiy polzun ham bir vaqtni o‘zida harakatlanadi.
Agarda asosiy polzun arayishni qirqsa, polzun teshik ochadi va ular teskari ishni bajarishlari mumkin.
Teshik kuchi
,
Bunda, Gv-metalni kesish temperaturasidagi mustahkamlik chegarasi, kg/mm2;
S- kesim qalinligi, mm;
L- kesim perimetrlari, mm.
Parda qalinligi arayish qalinligidan ancha qalin bo‘lganligi uchun uni odatda issiq holatda qirqiladi. Al,Cu qotishmalaridan olingan pokovkalarning arayish va pardalari sovuq holda qirqiladi. Mg va Ti qotishmalaridan olingan pokovkalarni arayish va pardasi issiq holda qirqiladi. Puanson bilan matritsa orasida zazor bo‘lib, uning mikdori ( = 0.3-3.0 mm . Bu zazor matritsa teshigi hisobiga bo‘ladi. Pichoq tig‘ini burchagi (>150 bo‘ladi. Puanson diametri pokovkada 700-8000 S da cho‘kishini hisobga olish zarur.
Po‘latni uchun cho‘kish 1.0-1.2 % tashkil etadi.
Puanson bilan matritsa oralig‘idagi zazor pokovka konfigirutsiyasi og‘irligi qarab yuqoridagi miqdorlarga qarab olinadi. Pardani teshishda pokovka puansonda qoladi. Uni ajratish uchun ajratgich mavjud.

1-Puanson;
2-Matritsa;
3-Arayish.




68-rasm. Pardani kesish sxemasi


67-rasm. Arayishni kesimi sxemasi


1-Puanson;


2-Parda;
3-Pakovka;
4-Matritsa.
Kesishda sifat katta rol o‘ynaydi, chunki yaxshi kesilmagan arayish va parda qoldiqlarni charxlash stanoklarida yoki qo‘l bilan egovlarda tozalash zarur bo‘ladi. Bu ishlar ancha qiyin va ishchi kuchini talab etadi. Bu o‘z navbatida polovka tannarxini oshiradi.
Issiq va sovuq holatda kesish metal xossalariga bog‘liqligi. Legirlangan va yuqori uglerodli po‘latlar qizigan holatda kesiladi, chunki sovuganda kesilsa, darzlar paydo bo‘lishi mumkin.
Kesish kuchi

1.25- koeffitsiyent – pichoqni o‘tkir va o‘tmasligini hisobga oladi;
S- arayish qalinligi;
L- pokovkani ajralishi, kesim perimetri;
(k-qirqish temperaturasida metalni qirqishga qarshiligi, kg/mm2.



Yüklə 307,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin