Metallarga ishlov berish texnologiyasi



Yüklə 307,75 Kb.
səhifə13/18
tarix07.01.2024
ölçüsü307,75 Kb.
#208442
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Metallarga ishlov berish texnologiyasi

Listli shtamplash. Yupqa devorli yassi tekis va fazoviy buyumlarni, list, lenta, metalmas materiallardan tayyorlanadi.
Listli shtamplash- shtamplash mashinalarida, krivoship shtamplash presslarida bajariladi.
Qalinligi 0.15-4 mm gacha bo‘lgan listli material yupqa listli bo‘lib, sovuqlayin shtamplanadi.
Qalinligi 4-60 mm gacha bo‘lgan listlar qalin listli bo‘lib, yupqarog‘i sovuqlayin va qalinrog‘i esa issiqlayin ishlanadi.

  1. Listli shtamplashning asosiy afzalligi sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.

  2. Pishiq, yupqa devorli, sodda va murakkab shakldagi detal va buyumlarni oson olish mumkin. Bunday detallarni boshqa usullar bilan olish juda qiyin yoki olib bo‘lmaydi.

  3. Ish unumli katta, tejamkor va jarayonning soddaligi.

  4. Bajarilayotgan operatsiyalarni to‘liq mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin.

  5. Listdan shtamplash yo‘li bilan velosiped, mototsikl, avtomobil, samolyot, vagon va soat detallari, metal idishlar, har xil ramalar, yirik yupqa va qalin devorli detallar va hokazolar tayyorlanadi.

  6. Listni shtamplash usuli bilan avtomobilning detallarini 75% i, ximiya apparatlarining detallarini 80% i va metal idishlarning 95% i tayyorlanadi. Listli shtamplashda asosiy ishchi organ shtamp hisoblanib, u ham ikki bo‘lakdan iborat. Listli shtampovka usuli bilan detal bitta operatsiya bilan yoki bir nechta birin-ketin bajariladigan operatsiyalar bilan tayyorlanishi mumkin.

  7. Listdan shtampovka qilish ishlarini ikki asosiy turga bo‘lish mumkin:

  8. Listlarni bo‘lish ishlari, bu ishlarga listlarni ko‘ndalangiga, bo‘ylamasiga kesib polosa yoki lentalar tayyorlash; polosa yoki lentalarni uchlarini turli shakllarga bo‘lgan bo‘laklarga bo‘lish.

  9. Listlarni bo‘lish ishlari, bunda detal yoyilmasining andozasi katta listlar ustiga qo‘yilib, pichiladi.



50-rasm, b) Listlarni pichish

50-rasm. a) Detal zagotovkasi буйича листларни пичиш.

Listli shtamplashda metaldan unumli foydalanib, zagotovkani chiqindi kam chiqadigan qilib pichish zarur.


Listli shtamplashda metalldan foydalanish koeffitsiyenti quyidagi formula bilan topiladi:
,
K- metaldan foydalanish koeffitsiyenti;
Fq-detalni foydali maydoni, mm2;
F3-zagotovkani yuzi, mm2.


51-rasm. Paralel pichoq

Koeffitsiyent K=70% dan yuqori bo‘ladi. Zagotovkani bo‘laklarga ajratish va uni bir qismini qirqish paralel va gilotina pichoqlarda bajariladi.


А) Teshish va o‘yish operatsiyalari puanson va matritsalarda bajariladi. Turli xil teshiklarni, o‘yiqlarni olish uchun puanson va matritsalarni teshiklarini shakli ham har xil bo‘ladi.
Puansonlarni o‘yib tushirilish uchun, teshik ochish uchun turlari mavjud, matritsalarni ham o‘yib tushirish uchun, teshik ochish uchun turlari bo‘ladi.
Listlarni shakl o‘zgartirish operatsiyasiga quyidagilar kiradi:
B) Bukish. Bukishda zagotovkani deformatsiyalash natijasida uni qatlamlari siqiladi va cho‘ziladi.


52-rasm. Zagotovkani bukish


53-rasm.
Заготовкани тешиш.


В) Valsovkalash. Zagotovka yuzida turli burtmalar, qattiq qovurg‘alar hosil qilish operatsiyasi




55-rasm Valsovkalash va tekislash




54-rasm Botirish



D) Botirish. Tekis yuzali zagotovkalardan ichi bo‘sh buyumlarni shtamplash bilan olish operatsiyasiga botirish deyiladi. Botirish yo‘li bilan chuqurrok buyum olish kerak bo‘lsa, buyum ikkinchi marta presslanadi.




56-расм. Заготовкани гильзадан сиқиб ўтказиш


Botirish protsessida zagotovka chetlarida burmalar hosil bo‘lishi mumkin. Ular materialni ortiqchaligidan kelib chiqadi. Shtamplashda devori qalin bo‘lsa uncha chuqur bo‘lmagan buyumlarni olishda burmalar uncha chuqur bo‘lmagan buyumlarni olishda burma hosil bo‘lmaydi. Burma hosil bo‘lmasligi uchun zagotovkaning chetlari burma tutqichlar bilan siqib qo‘yiladi.
Е) Siqish. Bunda zagotovkaning perimetri kichraytiriladi. Bunda asbob faqat matritsani o‘zidan iborat bo‘ladi, puanson bo‘lmaydi.


7-rasm. Qattik kovurg‘a hosil qilish


Ж) Qattiq qovurg‘alar olish uchun shtamplash. Bunda list zagotovkalar uchastkalarini cho‘zilganligi hisobiga chuqurliklar yoki do‘ngliklar hosil qilishdir.
И) List buyumlarni to‘g‘rilash.
List buyumlarini egilgan uchastkasini to‘g‘rilash silliq yuzali shtamplar yordamida bajariladi.


13-rasm.List buyumlarini tekislash


Agarda listlarni egri chiziqli kontur bo‘yicha qirqish kerak bo‘lsa diskli pichoqlardan foydalaniladi. Qaychilarda buyumni kesish uchun kuch
Р=ВSер1.25 , кг
Gilotin pichoqlarda kesish uchun

Bunda, R- kesim kuchi;


58-rasm.Uyish operatsiyasi.


V-zagotovka kengligi;
S-zagotovka qalinligi;
(yer- qirqishga qarshilik.
Listlarni sovuqlayin shtamplashda qilinganda eng murakkab operatsiyalardan biri cho‘zish hisoblanadi. Bu operatsiyalar cho‘zish shtamplarida bajariladi.
1.Puanson;
2.Buyumni bukilmasligi uchun qisqich;


59-rasm.Cho‘zish operatsiyasi.



3.Матрица.
Shtamplash uchun shtamplarni asosiy ish organlari puanson-harakat qiluvchi qism formasi har xil bo‘ladi va matritsaning harakatsiz qismi shtampni asosi hisoblanadi. List po‘latlarga shtamplashdan oldin ba’zan uni to‘g‘rilashga to‘g‘ri keladi. To‘g‘rilash uchun maxsus qurilmalar mavjud.




А) barabanli

60-rasm. Listlarni to‘g‘rilash kurilmasi.

V) kuch bilan






61-rasm. List qayirish mashinasida qayirish etaplari


Uzun yupqa listli po‘latlarni egish ancha qiyin. Ish egilgan vaqtda ham yana to‘g‘rilanib qoladi. Shunday hollarda plastik cho‘zish usuli bilan egiladi.
Qalin listli t=4-60 mm po‘latlarni bukish uchun ko‘p (3 yoki 4) jo‘vali list qayirish mashinalarida bajariladi. Odatda, bunday mashinalarning pastki jo‘valarini diametri kichik, balandligi esa katta bo‘ladi.



Yüklə 307,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin