Metallurgiya


Xitoyning mis importi va misning narxi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə3/11
tarix28.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#168815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ergashev X kurs ishi (2)

Xitoyning mis importi va misning narxi
Qiymat jihatidan Zambiya (4,2 milliard dollar) jahon eksportining 38% ulushi bilan eng yirik mis yetkazib beruvchi bo'lib qolmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda 16 foiz ulush bilan Chili (1,7 milliard dollar) va 9,4 foiz ulush bilan Bolgariya bormoqda.


SUYUQ VANNADA ERITISH JARAYONI
1.1 Vanyukov pechi
So‘nggi yillarda og‘ir sanoatda, ayniqsa, rangli metallurgiyada avtogen jarayonlar keng qo‘llanilmokda. Avtogen jarayon deb qisman tashqaridan yoqilg‘i sarf qilgan holda, oltingugurtli birikmalarning oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlikning jarayonga to‘la sarflanishiga aytiladi.
Moskva po‘lat va qotishmalar institutining "Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi" kafedrasi olimlari tomonidan taklif etilgan yangi jarayon "suyuq vannada eritish" deb ataladi.
Uzoq yillar davomida otasi professor Vladimir Andreevich boshlagan ishni sanoat miqyosida o‘g‘li professor Andrey Vladimirivich Vanyukov tadbiq qilib, yuksak yutuqlarga erishdi va metallurgiya sanoatiga o‘ta unumdorligi bilan ajralib turadigan yangi agregat olib kirdi. Pechni takomillashtirishda, uni har tomonlama zamonaviy jihozlashda Moskva po‘lat va qotishmalar instituti olimlari bilan birgalikda "Ginsvetmet" (Rangli metallar bosh ilmiy tadqiqot institutq, Moskva shahri). "Gipronikel" (Nikel ilmiy-proekt tadqiqot instituti, Moskva shahri). "Kazminsvetmet" (Qozog‘iston rangli metallar vazirligi), Qozog‘iston Fanlar Akademiyasi olimlari hamda Norilsk va Balxash kon-metallurgiya kombinati, Ryazan ilmiy tadqiqot tajriba zavodi mutaxassislari va ilmiy xodimlari faol ishtirok etishdi.
Avvaliga sinov bir necha bora Ryazan tajriba zavodi pechida o‘tkazilib, yaxshi natija bergach, 1986 yili sobiq partiya s’ezdida mamlakatning rivojlanish dasturiga kiritilgach, shu yildan Norilsk kon-metallurgiya kombinatida to‘la sinovdan o‘tkazildi. Har tomonlama yaxshi natijalar olingach, uning texnik-iktisodiy ko‘rsatkichlari nafaqat o‘sha paytda Sovet Ittifoqi sanoatida ishlab turgan eritish pechlaridan, balki rivojlangan chet eldagi ayrim pechlardan ham ustun ekanligi namoyon bo‘la boshladi. 1987 yili Ittifoq Vazirlar Kengashining qaroriga binoan, A. V. Vanyukovning vafotidan so‘ng ushbu eritish pechiga "Vanyukov pechi", jarayonga esa "Vanyukov jarayoni" deb nom berildi. Asta-sekin ota-bola Vanyukovlar boshlagan ishni uning shogirdlari Moskva po‘lat va qotishmalar institutining "Rangli og‘ir metallar metallurgiyasi" kafedrasining mudiri professor, texnika fanlari doktori Valentin Petrovich Bistrov va Aleksey Yakovlevich Zaysevlar davom ettirib kelmoqda. Ular yildan yilga "Vanyukov pechi"ni takomillashtirib, yuqorida qayd etilgan ikkita katta kon-metallurgiya kombinatida to‘la muvaffaqiyatli ishlashiga olib keldilar. Pechning sanoatga kirib kelishi va uning konstruktiv yaratilishi uzoq yillarda, asosan o‘tmishdagi pirometallurgiya pechlarining mukammal takomillashgan bir ko‘rinishi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Pechning shaxtasi to‘g‘ri burchakli bo‘lib, orasida suv o‘tib turishiga mo‘ljallangan mis plitalari o‘rnatilgan. Ana shu suv sovitgichlari yonidan doimiy kislorodli havo furma orqali yon tomonidan purkalib turiladi. Havo purkalangan suyuq vannaga yuqoridan har xil hajmdagi qumoq shixta yuklanib turiladi. Furmaning pastki qism bo‘limida eritmadan toshqol va shteyn ajralib, har ikkala tomonidan o‘rnatilgan sifonlar orqali hosil bo‘lgan mahsulot pechdan tinimsiz chiqarib turiladi.
1-rasmda ko‘rsatilganidek, pechning asosiy qulayligi har ikkala yon tomonidan kislorodning to‘g‘ri shixta tushayotgan eritma ostidan purkalanishidir.

VANYUKOV PECHI

1-rasm


Suyuq vannada eritish jarayoni bir qator horij davlatlarida patentlashtirilgan.
Suyuq vannada eritish jarayonini ishlab chiqishda barcha fizik-kimyoviy jarayonlar maksimal darajadagi qulay sharoitlarda kechishini ta’minlash vazifasi asosiy maqsad qilib qo‘yilgan edi.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin