Metallurgiya va kimyoviy- texnologiyalar



Yüklə 73,82 Kb.
səhifə5/10
tarix22.12.2023
ölçüsü73,82 Kb.
#189545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Immom Buxoriy, at-Termiziy, Immom Maturudiy va Ahmad Yassaviylarni islom ilmini rivojlanishiga qo\'shgan hissasi.


6

Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar – juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. „Maʼxaz ash Shariʼa“ („Shariat asoslari sarasi“), „Kitob al-usul“ („Diniy taʼlimot asoslari kitobi“), „Kitob al-jadal“ („Dialektika haqidagi kitob“) kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan „Taʼvilot al-Qurʼon“ asari va uning uzviy davomi hisoblanmish „Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin“ („Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma“) kitobi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.


Oʻzbekistonda Moturidiy merosini oʻrganishga faqat mustaqillikdan keyingina kirishildi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 2000-yilda Moturidiy tavalludining 1130-yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlandi. Oʻzbekiston prezident I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqandda alloma xotirasiga yodgorlik majmui bunyod etildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy taʼlimoti va uning islom olamida tutgan mavqeiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar oʻtkazildi. Moturidiy hayotining turli qirralarini yorituvchi maqolalar, risolalar va tadqiqotlar chop etildi. Moturidiy merosini oʻrgangan xorijlik olimlar bilan samarali hamkorlik aloqalari oʻrnatildi. 2001-yilda Go'ttingen (Germaniya) universitetining professori Rudolf Ulrich qalamiga mansub „Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti“ kitobi oʻzbek tilida nashr etildi.


Yüklə 73,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin