Metallurgiya va kimyoviy- texnologiyalar


Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892). Buyuk allomalardan biri — mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziyning to‘liq



Yüklə 73,82 Kb.
səhifə2/10
tarix22.12.2023
ölçüsü73,82 Kb.
#189545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Immom Buxoriy, at-Termiziy, Immom Maturudiy va Ahmad Yassaviylarni islom ilmini rivojlanishiga qo\'shgan hissasi.

At-Termiziy hayoti va ijodi.

Abu Iso Muhammad at-Termiziy (824-892). Buyuk allomalardan biri — mashhur muhaddis (hadis ilmi olimi) Abu Iso Muhammad at-Termiziyning to‘liq

4

4ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn ad-Dahhok as-Sullamiy (umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligidan ad-Dariyr taxallusi bilan ham atalgan) at-Termiziy bo‘lib, u hijriy hisobda 209 (milodiy 824) yilda Termizda, uncha badavlat bo‘lmagan oilada tavallud topdi. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tib, dastlabki ma’lumotni ham shu shaharda olgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, yodlash qobiliyatining kuchliligi va noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan at-Termiziy diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan egallagan va bu boradagi o‘z bilimlarini muttasil oshirish uchun ko‘pgina Sharq mamlakatlarini ziyorat qilgan. Jumladan, u uzoq yillar Iroqda, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan.


At-Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, «Al-jomi’» bo‘lib, payg‘ambar alayhissalomga doir oltita ishonchli hadislar to‘plamlaridan biridir.

Ushbu asar ilmiy adabiyot va manbalarda «Al-jomi’ al-kabir» («Katta to‘plam»),

«Al-jomi’ us-sahiyh» («Ishonchli to‘plam»), «Jomi’at-Termiziy» («Termiziy to‘plami»), «Sunan at-Termiziy» («Termiziy sunnatlari») nomi bilan ham atalib, payg‘ambar alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim manbalardan hisoblanadi.


O‘z davrining yetuk muhaddis olimi sifatida tanilgan at-Termiziy ko‘pdan-ko‘p shogirdlarga ustozlik qilgan. Hadis ilmidagi uning shogirdlaridan Makhul ibn al-Fadl, Muhammad ibn Mahmud, Anbar, Hamad ibn Shokir, Abd ibn Muhammad an-Nasafyun, al-Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf an-Nasafiy va Abul-Abbos Muhammad ibn Mahbub al-Mahbubiylarni sanab o‘tish mumkin. U 279 hijriy (milodiy 892) yilda Termizdan uzoq bo‘lmagan Bug‘ qishlog‘ida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.


Yüklə 73,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin