Immom Buxoriy, at-Termiziy, Immom Maturudiy va Ahmad Yassaviylarni islom ilmini rivojlanishiga qo\'shgan hissasi.
Abu Mansur Moturidiy oʻzining yuksak ilmiy faoliyati bilan butun Islom dunyosida alohida eʼtiborga sazovordir. U butun umri davomida islomning asl mohiyatini hamda uning oʻzgarmas aqidaviy taʼlimotini buzgʻunchi firqalarning har xil botil gʻoyalari va daʼvolaridan himoya qilib keldi. Shu sababli u qoldirgan katta ilmiy meros islom ilm-fanida yuksak ahamiyatga erishdi va hozirgi kunda ham u asos solib ketgan Moturidiya aqidaviy mazhabi Ahli sunna va jamoa yoʻnalishidagi asosiy mazhab boʻlib kelmoqda.
Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi oʻrta asr mualliflari Xatib Bagʻdodiy, Abdulkarim Saʼd Samʼoniy, Abulfido Zayniddin Qosim ibn Qutlubgʻo, Muhitdin Qurashiy, Kafaviy, Abul Muʼin Nasafiy, Hoji Xaliyfaning asarlarida keltirilgan. Taniqli muarrix Kafaviy va boshqa qator mualliflar yozishlaricha, Imom Moturidiy oʻz zamonasidayoq “Imomul huda” (Hidoyatga boshlovchi imom), “Rofiʼ aʼlom ahlis sunna val jamoa” (Ahli sunna val jamoaning bayrogʻini baland koʻtaruvchisi), “Qoliʼ azoliyu-l-fitna va-l-bidʼat” (Xurofot va bidʼatga botgan uydirmalarni ildizi
7
bilan qoʻporuvchisi), “Imomul mutakkallimiyn” (Barcha mutakallimlarning imomi), “Musahhihu aqoidil muslimiyn” (Barcha musulmonlar aqidalarining tuzatuvchisi), “Shayx” va “Imom” kabi yuksak nomlarga sazovor boʻlgan alloma sifatida tan olingan.
Uning ustozlari jumlasidan oʻz davrining taniqli olimlaridan Abu Nasr Iyoziy, Abu Bakr Ahmad Juzjoniy, Imomi Aʼzam mazhabidagi buyuk olim Nusayr ibn Yahyo Balxiy, Muhammad ibn Muqotil Roziy va Muhammad ibn Fazl kiradi. Baʼzi manbalarda uning Samarqanddagi “Iyoziy” madrasasida taʼlim olgani qayd etilgan.
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi.
Ahmad Yassaviy 1103-yilda Saryom (Sayram) qishlog‘ida Shayx Ibrohim xonadonida tug‘iladi. Yetti yoshida otasidan, so‘ng onasidan yetim qoladi.U Arslonbob nomli inson qo‘lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o‘rganib, so‘ng Turkistonga qaytadi va o‘z tariqatiga asos soladi. U so‘fiylik g‘oyalari, shuningdek, o‘z tariqati asoslarini targ‘ib etishda she'rlaridan foydalanadi.