Metod- yunoncha- metodos-bilish, nazariya, ta’limot, tadqiqot yo‘li ma’nolarini anglatadi


syujetli-rolli o‘yin orqali (Mavzu: “Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi”)



Yüklə 25,78 Kb.
səhifə2/3
tarix21.06.2022
ölçüsü25,78 Kb.
#61971
1   2   3
11. 1-мавзуТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ ЎРГАНИШ УЧУН НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАР

syujetli-rolli o‘yin orqali (Mavzu: “Siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi”)

  • ijodiy o‘yinlar (Mavzu: “Ma’naviy meros, milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi”)

  • ishbilarmonlar o‘yini (Mavzu: “Davlat mulkini xususiylashtirish”)

  • konferensiya (Mavzu: “O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li”)

  • taqdimot (Mavzu: “Islom Karimov-O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti”)

    Tarixni o‘qitishda ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yosh, psixologik va ergonomik xususiyatlari etiborga olingan holda didaktik o‘yin texnologiyasiga mansub darslarning mazmuni va mohiyati haqida fikr yuritiladi.
    Didaktik o‘yinli dars metodlari orqali O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li mavzusida konferensiya darsi tashkil etilsa maqsadga muvofiq. CHunki mazkur mavzu o‘quvchilarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, bilish faoliyatini faollashtirishda, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishda, ularni qo‘shimcha va mahalliy adabiyotlardagi raqam va dalillar bilan tanishtirishda, ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlashda, ongli ravishda kasb tanlashida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Umuman olganda tarix fani o‘qituvchisi biron bir tarixiy mavzuga bag‘ishlangan konferensiya darsini tashkil etishdan avval dars mavzusini, maqsadi va vazifalarini aniq belgilab olib shu mavzuga oid qo‘shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni shaxsan mukammal o‘rganib chiqishi, muhim tarixiy dalillarni tizimga keltirishi zarur. Mazkur dars o‘tkazilishidan bir hafta oldin dars mavzusi e’lon etilib, unga tayyorgarlik ko‘rish uchun adabiyotlar tavsiya qilinadi, e’lon qilingan didaktik o‘yinli darsda “olimlar” rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, har bir o‘quvchining qiziqishi va qobiliyatiga yarasha ma’ruza tayyorlash o‘quvchilarning ihtiyorida bo‘ladi. Darsga tayyorgarlik davrida o‘qituvchi tomonidan ijobiy rag‘batlantirishning ustunligi va muvaffaqiyatga yo‘llovchi o‘qituvchining muloqot madaniyati, o‘zaro yordami o‘quvchilarning darsga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishining muhim omili sanaladi.
    Ilmiy konferensiya darsini quyidagicha o‘tkazish tavsiya etiladi:
    1.O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi yalpi majlisga ma’ruza qiladigan “olimlar” bilan tanishtiradi.
    2.Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. Bunda “Olimlar” mavzu yuzasidan tayyorlagan maruzalarini ko‘rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
    3.Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda “Olimlar” va sinfdagi boshqa o‘quvchilar o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs, munozara o‘tkaziladi.
    4.Ilmiy konferensiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlaydi, xulosalaydi va konferensiyani yakunlaydi.
    5.O‘quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
    Uyga vazifa beriladi.
    Darsni umumiy yakunlaydi.
    Didaktik o‘yinli darslar ichida taqdimot darslari ham muhim o‘rin tutadi.
    Yüklə 25,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin