Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 9 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
306
September, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga
kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va
takomillashuvchi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini,
mahoratini
kuchaytirish imkoniyatlari yaratildi. Bugungi kunda ta’limda, xususan, til va adabiyot
o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarda keng
foydalanilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Til o‘qitish jarayonida bilish, leksik, grammatik, talaffuz tushunchalarini
to‘g‘ri
shakllantirish, talabalar ongida bilimlar sistemasini o‘z-o‘zini nazorat qilish
ko‘nikmasini to‘g‘ri tarkib toptirish innovatsion pedagogik texnologiyalarning
tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida eng samarali, o‘qituvchi
pedagoglar ko‘zlagan maqsadlariga erishishning kafolatlangan o‘qitish uslublari,
talabalarda
erkin fikrlash, mustaqil qaror chiqarish ko‘nikmasini shakllantiradigan,
ularni muammolarini yechishlari, turli vaziyatlardan qiynalmasdan chiqib ketishlari
uchun zamin hozirlashga qodir bunday o‘qitish usullari pedagogik texnologiyaning
eng ilg‘or xususiyatidir.
Xususan, tilni o‘qitishda bir qancha uslublarni qo‘llagan holda amalga oshirish
mumkin.
Tilni o‘qitishning
natijalari birinchi navbatda, mashqlar sistemasi orqali
aniqlanadi, chunki til o‘rganishdagi amaliy maqsad ya’ni, nutq faoliyatining barcha
turlarini egallash mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Mashq deganda, ma’lum bir
faoliyatni egallashga qaratilgan yoki shu faoliyatni o‘quv jarayonlarida
takomillashtirishga qaratilgan alohida yoki ketma-ket bajariladigan operatsiyalar yoki
ko‘nikmalarga adekvat ya’ni, mos bo‘lishi kerak. Metodik adabiyotlarda
mashqlarning turlicha klassifikatsiyalarini ko‘rishimiz mumkin.
Bu turlicha
prinsiplarga asoslanadi. Masalan: komunikativlik prinsipiga ko‘ra, 3 tipdagi
mashqlarni farqlashimiz mumkin:
Ma’lumki, har qanday badiiy asar asosida badiiy til yotadi. Yozuvchi til
yordamida ma’lum bir o‘zi tasvirlayotgan inson, ma’lum bir zamon,
davr obrazini
yaratadi. Asardagi voqealar qahramon-inson ichki olami, ruhiyati orqali tasvir
maydoniga aylanadi. “Xullas, romanda yozuvchi uchun ichki dunyoning – ruhning
kechinmalarini tashqi qiyofa, holat va xattiharakatlarda ko‘rinishini tasvirlash, ya’ni
dinamik prinsip asosiy mezondir” [5]. Shu ma’noda
Mark Tven
ham “Janna d’ Ark” romanidagi har bir personajning tashqi