Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 308 September, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal Lekin buni Janna eshitmaydi, ammo sezadi. Asarda Janna tasviri ham personajlarning
ruhiy-sub’ektiv munosabati orqali ko‘rsatilgan. Natijada ikki o‘rtadagi psixologik
ziddiyatning ochiq ko‘rinishi ikki tomonning shahzodaga bo‘lgan munosabati va turli
mimikalari, psixologik vositalar orqali tasvirlangan psixologik belgilar sifatida
yuzaga chiqadi.
Romanning ikkinchi va uchinchi qismidagi tasvir diqqat bilan tekshirilganda
qirol Karl VII faoliyati, xarakteri ham Janna d’Ark obrazining syujet bo‘ylab
harakatlanishiga turtki bo‘lganini kuzatish mumkin. Bu esa aslida yozuvchining bosh
maqsadi davlat rahbarining fikrlash tarzi, idroki, ongini tarixiy voqeaning badiiy
ifodasi va personajlar tizimini shakllantirishdagi o‘rinini ko‘rsatish bo‘lgan degan
xulosaga olib keladi. To‘g‘ri tasvir markazida asosan Janna obrazi turgan bo‘lsa-da,
uning asosiy harakatlari, masalan uning Shinonda davlat rasmiylari qatorida ibodat
qilishi, yepiskoplar kengashi tomonidan savollarga tutilishi, keyinchalik esa Puate
universitetidagi diniy ulamolar katta yig‘ilishida dilni xira qiladigan davomli so‘roq-
savollar ortida jamiyatning ma’nan qashshoqligi, biror mard kishi chiqib odamlarning
milliy g‘ururini uyg‘otishga chog‘i yetmasligini, saroy a’yonlari, diniy arboblar
mamlakatni qutqarish o‘rniga keraksiz ishlar bilan mashg‘ulligini ko‘rsatish bo‘lgan.
Aslida yepiskoplar bayonnomada qayd etishganidek, “kichkinagina cho‘pon qiz”,
“kamgap qizaloq” milliy g‘urur, or-nomus, milliy qadriyat va eng muhimi shaxs
ozodligini mamlakat mustaqilligida ko‘ra bilgan teran fikrli shaxs edi, xolos. Lekin
sog‘lom fikrga ega, orzu-havasi yurt ozodligidan boshqa narsa bo‘lmagan buyuk
fazilat egasini bid’at va xurofotga botgan din vakillari, xudbin a’yonlar va nochorligi
tan olib yengilgan kishilar chohga tomon sudrashardi.
Romanda voqealar personaj tilidan bayon qilingan ichki nutq shakli bo‘lib,
uning ortida roviy, ya’ni Lui de Kont degan to‘qima obrazning psixologik faoliyati,
muallifning Janna d’Arkka nisbatan shakllangan muhabbati faoliyati yetakchilik
qiladi. Bu roviy nutqi matnidagi ichki mazmun bo‘lib, u Janna tilidan yangraydi: “I
don't know A from B; but I know this: that I am come by command of the Lord of
Heaven to deliver Orleans from the English power and crown the King of Rheims,
and the matters ye are puttering over are of no consequence!”. (Men A dan B ni
farqlolmadim, biroq shuni bilamanki, men bu yerga Osmon Hukmdorining buyrug‘i
bilan Orleanni inglizlardan qutqarish va Reymsda qirolga toj kiydirish uchun keldim,
sizlar esa bekorchilik bilan bandsizlar) [4]. Mazkur nutqda Jannaning ruhan
charchagani va asosiy ishi qolib, uni turli ig‘vo va tuhmatlarga botirishayotgani,
vatan himoyasi uchun hech kim hech narsa qilmayotganidan
ezilishi aks etgan. Roviy tilidan chiqqan va Jannaga nisbat
berilgan ushbu monolog syujet liniyasidagi tarixiy voqelikning