Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 307 September, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal qiyofasi, yuz tuzilishi, mimikalari, eng muhimi nutqi orqali ularning ichki olamini,
psixologiyasini ochib berishga intiladi.
Masalan, quyidagi parchada roviy shahzoda va uning a’yonlari ruhiyatini ochib
bergan:
(Janna bo‘lajak qirolga uning yuragini kemirayotgan teran sirni ochganda,
undagi ikkilanish tarqagan edi. U qiz Xudo tomonidan yuborilganiga ishongan va
agar ixtiyor unda bo‘lganda edi, qizni darhol buyuk topshiriqni bajarishga yuborgan
bo‘lar edi. Biroq, u o‘zi mustaqil faoliyat yuritolmasdi. Tremuyl va reymslik “hazrati
tulki” uni yaxshi bilishardi. Ular nima deyishsa, shu bo‘ladi, va ular shunday dedilar:
– Hazrati oliylari, Siz qizning ovozlari siz va faqat Xudoga ayon bo‘lgan sirni
aytishdi, deyapsiz, ammo uning Xudosi shayton emasligini siz qaerdan bilasiz – u
shayton xabarchisi emasmi?)
Roviy nutqidagi tasvirda shahzoda so‘zlovchining ongida harakatlanmoqdaki,
bu, avvalo, roman ichki olamining barcha unsurlari personaj xarakterini ichkaridan
ochib berishga yo‘nalmoqda, ikkinchidan, esa mazkur personajlar ruhiyati, xayolida
dofin orqali Jannaga qarshi kurash niyati mavjud. Natijada ko‘z o‘ngimizda
obrazlarning zimdan psixologik kurashi namoyon bo‘lmoqda. Bu yerda ikki
kurashuvchi tomonlarni bog‘lab turuvchi bo‘lajak qirol ruhiyati bo‘sh va kuchsizligi
ikkala tomonga ham ma’lum bo‘lib, har ikki tomon ham shahzoda ruhiga, uning ichki
kuchiga ta’sir o‘tkazishga harakat qilishgan. Tasvirlanayotgan obrazning ichki
olamidagi ikkilanish, uning voqelikni teran anglamasligi va qat’iyatsizligi orqali
yozuvchi voqelikka o‘zining munosabatini ham bildirgan. Bu yerga u garchi xolis,
voqealar jarayoniga aralashmayotgandek tuyulsa-da, oxir oqibat mazkur betaraflikni
bayon qilishdan maqsadi ko‘rinadi. Bu o‘ta murakkab, psixologik jihatdan qaltis
vaziyatda qo‘llaniladigan nozik usul bo‘lib, aslida yozuvchi Jannaga o‘tkazilgan
bosim, uning ruhiyatiga ta’sirni ko‘rsatmoqchi. Chunki oddiy dehqon qiziga qarshi
chiqqan raqiblar kichik odamlar emas, tajribali, bilimli, jamiyatning yirik zodagonlari
va diniy arboblari hisoblanadi. Zero, ularning bir ritorik murojaat va ikkita so‘roqlari
zamirida personajlar ruhiyati, yashirin niyatini oshkor qiluvchi ichki nutqi,
qahramonlar xayolining funksiyasini kuzatish mumkin. Ular biri ruhoniy bo‘lgani
holda Xudo nomidan aytilgan gapga qarshi chiqish orqali o‘zining tilidagi gapi va asl
maqsadida farq borligini, aslida uning ruhoniyatida allaqachon buzilish yuz berib
bo‘lganini o‘zi anglamagan holda oshkor etib qo‘yadi
Bundan tashqari bu parcha dialogik nutqning bir qismi bo‘lib, roviy uni o‘z
sub’ektiv idroki orqali bayon etishida ong oqimining vositali
shakli ko‘rinadi. Ya’ni, u personajlarning onggidagi asosiy
maqsad personaj vosita orqali ikkinchi tomonga yo‘naltirilgan.