Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə187/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

Adabiyotlar.

  1. V.S.Sheveluxa va boshqalar. Selskoxozeystvennaya biotexnologiya. Moskva. Vo’sshaya shkola. 2003

  2. K. M. Artomonov-Biotexnologiya agropromishlennomu kompleksu. M, Mir. 1989.

  3. X. To’raqulov-Molekulyar bitexnologiya. 1993.

  4. Muromtsev G.S. i drugie. Osnovo’ selskoxozyaystvennoy biotexnologii. M. 1990.

  5. R.G.Butenko. Biologiya kletok vo’sshix rasteniy in vitro i biotexnologii. M. 1990

7-LABORATORIYA MASHG`ULOTI
MAVZU: KARTOSHKANING APIKAL MERISTEMASINI AJRATISH VA O’STIRISH
Mashg’ulotning maqsadi: Kartoshkaning apikal meristemasini ajratib olish va uni ozuqali muhitda o’stirishni o’rganish
Kerakli material va asbob uskunalar: Kartoshka tuganagi binokulyar lupa, s kalperlar, ajratish ninasi, pakki, dastakli qisgichlar, steril ozuqali muhit.
Ishning borishi. Kartoshka tuganaklari 4-80S da saqlashadi so’ng qorong’ulikda 20-220S da o’stiriladi. Meristemalarini bo’laklarga ajratish ishlari bakteriotsid lampalari bilan sterillangan laminar bokslarda amalga oshiriladi. Ish boshlashdan avval ish joylari, stol, binokulyar lupa, probirkali shtatiyalar, spirt bilan artiladi. Bo’laklarga ajratish uchun ishlatiladigan asboblar (piptsid, skalpel, igna) har bir ajratishdan so’ng sterillanadi, buning uchun asboblar spirtga solinib, spirtovka alangasiga tutiladi. Nihollar meristemaga ajratishdan oldin 3-5 daqiqa davomida 0,1% li diotsid eritmasida sterillanadi. Buning uchun nihollar kimyoviy stakanga solinib ustidan diotsid eritmasi quyiladi. So’ng uch marta steril suvda chayiladi. Shuningdek 1-6 % li kaltsiyli yoki natriyli gipoxlorid eritmasida yoki 0,1% li supema eritmasida ham sterillash mumkin. Sterillangan nihollar Petri likobchasiga joylanadi va ko’rib qolmasligi uchun bir necha tomchi sterillangan suvga solinadi. Nihollarni bo’laklarga ajratishdan oldin bargli yuqori va yon meristemalarini asta-sekin yalong’ochlagan xolda uning uchidan yopqich barglar olib tashlanadi. Bu ish binokulyar mikroskop ostida ajratish ninasi yordamida bajariladi 100-250 mkm kattalikdagi boshlang’ich bargsiz meristema, oddiy ingichka nina bilan bo’laklarga bo’linadi. Har bir bargni yulishda alohida sterillangan asbobdan foydalaniladi.
Ajratilagan meristema ninaning uchida probirkadagi ozuqali muhit yuzasiga joylashtiriladi. Probirka og’zi va paxta tiqin spirtovka alangansida sterillanib yopiladi va shtativga joylashtiriladi.
Shtativ probirkalari bilan to’lgandan so’ng ozuqa muhiti ko’rib qolmasligi uchun tselofan qalpoqcha bilan yopib qo’yiladi. Ozuqa muhitli sifatida avvldan tayyorlangan Murasige-Skuga ozuqa muhiti avtoklavda 1 atom bosimda 20 daqiqa sterillanib ishlatiladi. Oradan 2,3,4 hafta o’tgandan so’ng meristemadan hosil bo’lgan nihollarning rivojlanishi kuzatiladi va jarayon bosqichlari chizib olinadi.



Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin