Методические указания по их выполнению. Учебно-методическим комплексом могут пользоваться студенты специального образования для самостоятельного выполнения межсессионных заданий по курсу «Микробиологии и вирусологии»


MAVZU: HAVODAGI MIKROORGANIZMLARNING MIQDORINI ANIQLASh



Yüklə 2,55 Mb.
səhifə135/217
tarix12.10.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#154741
növüМетодические указания
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   217
portal.guldu.uz-MIKROBIOLOGIYa VA QIShLOQ XO’JALIGI BIOTEXNOLOGIYaSI

MAVZU: HAVODAGI MIKROORGANIZMLARNING MIQDORINI ANIQLASh.
Reja:

  1. Kox usulida 1m3 dagi mikroorganizmlarning umumiy miqdorini aniqlash.

a) auditoriyada
b) koridorda
v) laboratoriyada
g) ma’ruza zalida
d) avtoklav xonasida
Topshiriq va mashg’ulot o’tish tartibi: Havoni mikroblar bilan iflosganligini aniqlash. Brigada usulida 3-4 kishi metodik ko’rsatmaga asosan havo mikroflorasini aniqlashni o’rganadilar. Tadqiqot natijalarini daftarlariga yozib boradilar. Petri likopchalarida o’sgan mikroorganizmlardan preparat tayyorlanib, mikroskopda ko’riladi.
Metodik ko’rsatma:
Havodagi mikroorganizmlar miqdori bir nechta usullarda aniqlanadi. Eng oddiy usul bu Kox usulidir. Bu usul bilan havodagi mikroorganizmlarning soni va turlarini taxminan aniqlash uchun sterillangan Petri likobchasiga suv hammomida isitilib suyultirilgan GPA muhiti quyilib, spirt gorelkasi yoniga qo’yiladi; muhit likobchada qotgandan so’ng havo tekshiriladigan joyga olib borib,ma’lum vaqtgacha (5-10 minut) qopqog’i ochib qo’yiladi. Shu vaqtda havodagi mikroorganizmlar likobchadagi qopqog’ini yopib, tagiga havo ekilgan kuni, necha minut ochiq qoldirilganligini, talabaning ismi sharifi yozilib, to’ntarilgan holida termostatga qo’yiladi. Shuning uchun ham bu usulni havoni cho’ktirib ekish usuli deyiladi.
Likobcha ma’lum vaqtdan keyin termostatdan olinib, muhit yuzasida unib chiqqan mikroorganizm koloniyalari sanash taxtasi yordamida sanalib, 1m3 havodagi mikroorganizmlarning umumiy soni aniqlanadi. – likobchadagi muhitning sathi Pr2 (Pq 3,14; r- likobchaning radiusi) formulasi bilan aniqlanadi.
- 1 dm2 sathdagi koloniyalar soni aniqlanadi;
- 1m3 havodagi mikroblarning soni hisob qilinadi.
Masalan Petri likobchasining diametri 9 sm bo’lib, unda 28 mikrob koloniyasi unib chiqqan.

    1. Petri likobchasining sathi aniqlanadi (3,14 x 4,52 yoki 3,14x20,25q63,6 sm2).

    2. 1 dm2 1 sathdagi koloniyalar soni aniqlanadi (1 dm2 q 100sm2 yoki 10 l havoga tengdir), bunda quyidagi tenglama tuziladi:

28 to’plam – 63,6 sm2
X to’plam - 100sm2
X = 28 x100 = 44 to’plam;
63,6
3) 1 m3 (1 m3 q 1000 l ga teng) havodagi mikroblar sonini bilish uchun quyidagi tenglama tuziladi:
44 – 10 l
X – 1000l
X = 44 x 1000 = 4400
10
Demak, 1m3 havoda 4400 mikrob borligi aniqlanib, quyidagi jadvalga yoziladi.

Tekshirilgan
joy



Unib chiqqan koloniyalar soni

Likobchaning sathi

Mikroblar soni

10 l
havoda

1m3
havoda

Auditoriya
№421

28

63,6

44

4400



Kerakli jihozlar : GPA va kartoshkali agar solingan Petri likopchalari. Termostat. Mikroskop, buyum va qoplog’ich oynachalar Immersion moy, bakteriologik sirtmoq.



Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   217




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin